Biznes peshlavhalari endi reklama hisoblanmaydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Tadbirkorlar uchun reklama peshlavhalariga qo‘yilgan talablar soddalashtirildi
Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonda tadbirkorlar binosi yoki savdo nuqtasiga o‘rnatilgan kompaniya nomi, faoliyat turi, brend yoki tovar belgisi tushirilgan peshlavhalar endi tashqi reklama sifatida baholanmaydi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qilgan. Qo‘mita xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-oktabrdagi 563-son qarori bilan tashqi reklama bo‘yicha tartiblar soddalashtirilgan.

Reklama pasporti talab qilinmaydi

Yangi tartibga ko‘ra, tadbirkor o‘zi foydalanayotgan bino yoki inshoot tashqarisida korxona nomi, firma nomi, faoliyat turi, tovar yoki xizmat ko‘rsatish belgisini joylashtirishi mumkin. Bunday axborot konstruksiyalari uchun endi reklama joyining pasportini rasmiylashtirish talab etilmaydi.

Shuningdek, o‘qing: Tadbirkorlar uchun tashqi reklama pasportini olish tartibi belgilandi

Tadbirkorlar uchun tartib soddalashtirildi

Raqobat qo‘mitasi yangi tartib tadbirkorlarning ortiqcha hujjatbozligini kamaytirish va tashqi reklama bilan bog‘liq rasmiylashtirish jarayonlarini yengillashtirishga qaratilganini bildirdi.

Mazkur qaror joriy yilning 15-oktabridan kuchga kirgan.

Avvalroq «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev reklama peshlavhalariga oid tartiblarni soddalashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek