Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘ladi

17 – 18-oktabr kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kuni harorat 22–27 darajagacha ko‘tariladi, ayrim tog‘li hududlarda esa yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Dam olish kunlari respublikaning asosiy hududlarida kechasi havo harorati 10–15 daraja, kunduz kuni esa 22–27 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Shimoliy hududlarda havo salqinroq bo‘ladi. Bu hududlarda kechasi 5–10 daraja, kunduz kuni 18–23 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.
Tog‘larda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin
17 – 18-oktabr kunlari ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Baland tog‘larda esa yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi
Toshkent shahrida 17 – 18-oktabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Kechasi harorat 12–14 daraja, kunduz kuni 22–24 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbuldagi o‘zbekistonliklar ob-havo bo‘yicha ogohlantirilgandi. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Istanbul, Yalova va Kojaeli viloyatlarida yashayotgan yoki vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolarni ob-havo sharoitining yomonlashishi sabab ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.