Farg‘onada uyning yashirin xonasidan qariyb 3 kg kannabis topildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Moddalar uy orqasidagi xo‘jalik binosi yonida yashirilgan xona va yotoqxonadan topilgan
Foto: IIV

Farg‘ona shahridagi xonadonlardan birida jami 2 kg 780 gramm kannabis giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda aniqlandi. Moddalar uy orqasidagi xo‘jalik binosi yonida yashirilgan xona va yotoqxonadan topilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Moddalar yashirin xona va yotoqxonadan topildi

Tezkor tadbir Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti hamda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan.

Foto: IIV

Tekshiruv davomida yashil rangli, o‘ziga xos hidga ega, kannabisga o‘xshash moddalar aniqlangan. Shuningdek, ko‘k rangli sellofan paket ichidan kannabis o‘simligining mayda shoxlari topilgan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Topilgan ashyolar xolislar ishtirokida elektron tarozida tortilgan. Ularning umumiy og‘irligi 2 kilogramm 780 grammni tashkil etgan.

Foto: IIV

Holat yuzasidan Farg‘ona shahar Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatining Chirchiq shahri va Qibray tumanida giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazilgan va bu savdoga 16-17 yoshli qizlar ham qo‘shilib qolgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek