
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov klassik shaxmat bo‘yicha FIDE live-reytingida dunyoning eng kuchli to‘rt nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi.
Sindarov Karuanadan 1,4 ball ortda
Reytingda birinchi o‘rinda Magnus Karlsen 2823 ball bilan bormoqda. Ikkinchi pog‘onani Hikaru Nakamura 2792 ball bilan egallagan.
Uchinchi o‘rinda 2783,4 ball bilan Fabiano Karuana joylashgan. Sindarov undan atigi 1,4 ball ortda qolmoqda.
Abdusattorov ham kuchli beshlikda
Yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 2780 ball bilan beshinchi o‘rinda turibdi.
Shu tariqa FIDE live-reytingining kuchli beshligida bir vaqtning o‘zida ikki nafar O‘zbekiston vakili joy olgan.
Sindarov yil davomida 20 pog‘onaga ko‘tarilgan
Reyting jadvaliga ko‘ra, Sindarov so‘nggi 12 oy davomida 20 pog‘onaga yuqorilagan. Uning reytingdagi o‘sishi 61 ballni tashkil etgan.
20 yoshli grossmeyster hozirda dunyoning eng yuqori reytingli yosh shaxmatchilaridan biri bo‘lib turibdi.
Avvalroq Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovga yordam berilgan edi.