Toshkentda 16 yoshli qiz o‘zini osdi, Saida Mirziyoyevaga yangi vazifa — 16-oktabr yangiliklari

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan‘da o‘qing
Bunday jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash kerak — Saida Mirziyoyeva Namangandagi 5 yoshli qiz bilan bog‘liq holatga munosabat bildirdi
Foto: Saida Mirziyoyeva/ Telegram

Toshkent shahrida 16 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi, Saida Mirziyoyeva yangi kengashga rahbarlik qiladigan bo‘ldi — 16-oktabr yangiliklarini Kursiv Uzbekistan‘da o‘qing.

Saida Mirziyoyevaga yana bir vazifa yuklatildi

Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda energetika loyihalarini amalga oshirishda investorlar duch kelayotgan muammolarni tezkor hal qilish uchun Yoqilg‘i-energetika sohasida investorlar kengashi tashkil etiladi. Unga Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Energetika loyihalarini amalga oshirish katta sarmoya va murakkab infratuzilmani talab qiladi. Yer ajratish, elektr tarmoqlariga ulanish yoki texnik shartlarni olishdagi kechikishlar butun loyihaning amalga oshish muddatiga ta’sir qilishi mumkin.

Toshkentda 16 yoshli qiz o‘z xonadonida osilgan holatda topildi

Anomal issiqda «Tez yordam»ga 166 mingdan ortiq chaqiriq bo‘ldi
Foto: SSV

2026-yil 12-oktabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan xonadonlarning birida 2010-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, voqea Olmazor tumani «Ibrohim ota» mahalla fuqarolar yig‘ini, Chuqursoy ko‘chasidagi uyda sodir bo‘lgan. Hodisa haqidagi xabar soat 18:12 da «112» yagona dispetcherlik xizmati raqami orqali kelib tushgan.

Aziza Qurbonova va Xushnud Xudayberdiyev yangi lavozimga tayinlandi

Aziza Qurbonova va Xushnud Xudayberdiyev yangi lavozimga tayinlandi
Kollaj: SI

Aziza Qurbonova Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Administratsiya rahbarining farmoyishlari bilan Administratsiyaning Kommunikatsiyalar departamentida qator kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

Shuningdek, Xushnud G‘ayratovich Xudayberdiyev ushbu departament boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tesla Roadster raketa tezlatkichlari bilan taqdim etildi

Tesla Roadster raketa tezlatkichlari bilan taqdim etildi
Foto: Motor1.com

Tesla yangi avlod Tesla Roadster konseptini namoyish etdi. Taqdimot davomida avtomobil vertikal tezlanish, sakrash, havoda aylanish va yumshoq qo‘nish kabi noodatiy imkoniyatlarni ko‘rsatdi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Roadster joyidan 97 km/soat tezlikka atigi 0,81 soniyada chiqishi mumkin.

Kontrakt to‘lash muddati 1-noyabrgacha uzaytirildi

Super-kontrakt
Foto: Andrey Popov / depositphotos.com

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddati 1-noyabrgacha uzaytirildi. Bu haqda Ta’lim va ilm-fan vazirligi xabar berdi.

Uzaytirilgan muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan, shuningdek, o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

Talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish ham 1-noyabrgacha amalga oshirilishi mumkin.

Javohir Sindarov FIDE live-reytingida to‘rtinchi o‘ringa chiqdi

Javohir Sindarov FIDE live-reytingida to‘rtinchi o‘ringa chiqdi
Foto: Ijtimoiy tarmoq

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov klassik shaxmat bo‘yicha FIDE live-reytingida dunyoning eng kuchli to‘rt nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi.

Reytingda birinchi o‘rinda Magnus Karlsen 2 823 ball bilan bormoqda. Ikkinchi pog‘onani Hikaru Nakamura 2 792 ball bilan egallagan.

Uchinchi o‘rinda 2 783,4 ball bilan Fabiano Karuana joylashgan. Sindarov undan atigi 1,4 ball ortda qolmoqda.

Sentabrda 14,3%: O‘zbekistonda Chevrolet, BYD va Kia savdosi kamaydi

Chevrolet Cobalt avtomobili navbatsiz sotila boshladi
Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

2026-yil sentabr oyida O‘zbekistonda 34 mingta avtomobil sotildi. Bu avgustga nisbatan 10,1% kam. Bozor yetakchisi Chevrolet bo‘lib qolgan bo‘lsa-da, brend savdosi bir oyda 14,3% kamayib, 23,9 ming donani tashkil etdi.

Chevrolet’ning eng ko‘p sotilgan modeli Cobalt bo‘lib qoldi. Sentabrda 10,2 mingta Cobalt sotilgan. Avgust oyida bu ko‘rsatkich 12,2 ming dona edi. Shu tariqa model savdosi bir oyda 16,8% kamaydi.

Biznes peshlavhalari endi reklama hisoblanmaydi

Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonda tadbirkorlar binosi yoki savdo nuqtasiga o‘rnatilgan kompaniya nomi, faoliyat turi, brend yoki tovar belgisi tushirilgan peshlavhalar endi tashqi reklama sifatida baholanmaydi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qilgan. Qo‘mita xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-oktabrdagi 563-son qarori bilan tashqi reklama bo‘yicha tartiblar soddalashtirilgan.

Yangi tartibga ko‘ra, tadbirkor o‘zi foydalanayotgan bino yoki inshoot tashqarisida korxona nomi, firma nomi, faoliyat turi, tovar yoki xizmat ko‘rsatish belgisini joylashtirishi mumkin. Bunday axborot konstruksiyalari uchun endi reklama joyining pasportini rasmiylashtirish talab etilmaydi.

Nakamura Sindarov bilan tayyorgarlik haqidagi mish-mishga javob berdi

Nakamura Sindarov bilan tayyorgarlik haqidagi mish-mishga javob berdi
Foto: Chempionat

Amerikalik grossmeyster Hikaru Nakamura o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarovning jahon chempionati uchun tayyorgarlik jamoasiga qo‘shilgani haqidagi taxminlarga hazil bilan javob berdi. Bu haqda UzChess loyihasi ma’lum qildi.

Nakamura va Sindarovning ayni kunlarda Kiprdagi bir mehmonxonada yashayotgani muxlislar e’tiborini tortgan. Shundan so‘ng ayrimlar amerikalik grossmeyster Sindarovga tayyorgarlik jarayonida yordam berayotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

Suyultirilgan gaz yetkazib berishda davlat monopoliyasi tugatiladi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

O‘zbekistonda suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimini 2027-yilda butun respublika bo‘ylab xususiy sektorga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Hozir mamlakatda 3,8 million xonadon ushbu yoqilg‘idan foydalanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev investorlar bilan o‘tkazilgan yoqilg‘i-energetika sohasidag ochiq muloqotda aytdi.

Hozirga qadar davlat monopoliyasida bo‘lgan suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Xususan, tadbirkorlar ishtirokidagi tajriba loyihasi Andijon viloyatida boshlangan. 2027-yilda ushbu amaliyotni mamlakatning barcha hududlariga kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Rossiya Navai hibsga olingani bo‘yicha Qozog‘istonga nota yubordi

Rossiya Navai hibsga olingani bo‘yicha Qozog‘istonga nota yubordi
Foto: Instagram/ @navaib

Rossiya Qozog‘istonga reper Navai – Navai Bakirovning hibsga olinishi yuzasidan diplomatik nota yubordi. Bu haqda TASS Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.

Rossiya tomoni ushlangan fuqarolari qayerda saqlanayotgani va ularning holati bo‘yicha ma’lumot berishni so‘ragan. Qozog‘iston TIV vakillarining aytishicha, bunday murojaatlar odatiy konsullik amaliyoti hisoblanadi.

Shuningdek