Toshkentda issiq suv nega zang rangida va hidli bo‘lib qoldi? «Veolia» izoh berdi

eʼlon qilindi
Issiqlik tarmoqlari va aholining xonadonlaridan qo‘shimcha suv namunalari olingan
Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv besh kunga o‘chiriladi
Foto: Myseldon

Toshkentning ayrim hududlarida aholi issiq suvning rangi, hidi va haroratidan shikoyat qilganidan so‘ng «Veolia Energy Tashkent» suv sifatini tekshirilganini e’lon qildi. Kompaniya asosiy ko‘rsatkichlar me’yorga kelgani va suv foydalanish uchun yaroqli ekanini bildirdi.

Aholi suv sifati bo‘yicha shikoyat qilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, «Potrebitel.uz» sahifasida ayrim foydalanuvchilar issiq suv zang rangida, yoqimsiz hidli, loyqa yoki yetarlicha issiq emasligini yozgan. Shikoyatlar yaqinda o‘tkazilgan profilaktika ishlaridan keyin paydo bo‘lgan.

«Veolia Energy Tashkent» esa «Toshkent issiqlik elektr markazi» hududida vaziyat yakuniy barqarorlashuv bosqichida ekanini, aksariyat aholida ko‘rsatkichlar me’yorga kelganini ma’lum qildi.

Suv namunalari tekshirildi

«Veolia Energy Tashkent» kimyo laboratoriyasi mutaxassislari «Toshkent issiqlik elektr markazi» bilan birgalikda issiq suv sifatini tekshirgan. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, asosiy ko‘rsatkichlar davlat standarti va belgilangan me’yorlarga mos kelgan, suv foydalanish uchun yaroqli deb topilgan.

Shu bilan birga, issiqlik tarmoqlari va aholining xonadonlaridan qo‘shimcha suv namunalari olingan. Hozir ular chuqurlashtirilgan laboratoriya tahlilidan o‘tkazilmoqda.

Muammoning sababi aniqlanmoqda

Tahlillar yakunlangach, suv parametrlarining vaqtincha o‘zgarishiga nima sabab bo‘lgani haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi kutilmoqda. Veolia Energy Tashkent aksariyat aholida suv sifati ko‘rsatkichlari me’yorga kelganini bildirdi. Murojaatlar tushayotgan manzillarda esa mutaxassislar suv sifatini binolarga kirish qismida tekshirmoqda.

Shuningdek, suv sifati bo‘yicha e’tirozi bor fuqarolarga 1347 Call-markazi yoki kompaniyaning Telegram-boti orqali murojaat qilishi mumkinligini ta’kidlandi.

Avvalroq «Kursiv» Xo‘jaobodda 5G texnologiyasi asosida ishlaydigan «aqlli» suv hisoblagichlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek