Yomg‘ir va qor: 16-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Ayrim hududlarda harorat 28 darajagacha yetadi
Yomg‘ir va qor: 16-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: depositphotos

16-oktabr kuni O‘zbekistonning katta qismida ob-havo o‘zgaruvchan va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–14 daraja, kunduzi 23–25 daraja bo‘ladi.

Hududlarda harorat 28 darajagacha yetadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo quruq bo‘ladi. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 21–26 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 8–13 daraja, kunduzi 22–27 daraja bo‘ladi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 20–25 daraja atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 23–28 darajagacha ko‘tariladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa kechasi 8–13 daraja, kunduzi 20–25 daraja bo‘ladi.

Tog‘larda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik qorga aylanishi ehtimoli bor.

Bu hududlarda harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 14–19 daraja bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 15-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek