Cobalt, Tracker, Onix va Damas: UzAuto Motors boshlang‘ich to‘lovsiz savdo xabarini rad etdi

17-oktabr 2026 14:23 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Cobalt va Damas uchun 15 mln so‘mgacha qayta chegirma e’lon qilindi
Foto: SI / Sapura Temirxanova

UzAuto Motors ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Cobalt, Tracker, Onix va Damas avtomobillari boshlang‘ich to‘lovsiz sotilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Kompaniyaga ko‘ra, ushbu ma’lumotni tarqatgan shaxs UzAuto Motors yoki uning dilerlik tarmog‘iga aloqador emas.

Muallifning o‘zi ham raddiya bergan

Kompaniya ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Chevrolet avtomobillari boshlang‘ich to‘lovsiz taklif qilinayotgani aytilgan. Biroq UzAuto Motors ushbu ma’lumotlar asossiz ekanini bildirdi.

«Muallifning o‘zi ham navbatdagi chiqishida ma’lumotlar asossiz ekanini tan olib, rasman raddiya berdi», – deyiladi kompaniya xabarida.

UzAuto Motors foydalanuvchilarni ushbu videolardagi ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Eski postlarni o‘chirish yoki tuzatish so‘raldi

Kompaniya noto‘g‘ri ma’lumotni tarqatgan OAV, blogerlar va kanal administratorlaridan avvalgi postlarni o‘chirish yoki ularga tuzatish kiritishni so‘radi.

Shuningdek, kompaniya faoliyati haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishdan oldin ularni rasmiy manbalar orqali tekshirish tavsiya qilindi.

Huquqiy choralar ko‘rilishi mumkin

UzAuto Motors noto‘g‘ri ma’lumot ekani haqida rasmiy izoh berilgandan keyin ham uni tarqatishda davom etganlarga nisbatan huquqiy choralar ko‘rishi mumkinligini bildirdi.

«Kompaniya o‘z sha’ni va ishchanlik obro‘sini himoya qilish uchun tegishli vakolatli organlarga murojaat qilish huquqini saqlab qoladi», – deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Cobalt kuniga 107 ming so‘mdan taklif qilingani haqida xabar berilgandi. Kompaniya hisob-kitobiga ko‘ra, boshlang‘ich komplektatsiyadagi avtomobil uchun kunlik to‘lov o‘rtacha 107 ming so‘mni tashkil qilishi mumkin.

Taklif bank ishtirokisiz, UzAuto Motors orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lib to‘lash shaklida amalga oshiriladi.

Shuningdek