
Shanba kuni turli ishlar, jumladan, ancha murakkab ishlar uchun ham omadli bo‘ladi. Ertalabni uy yumushlariga bag‘ishlash kerak: maishiy masalalarni hal qilish, kichik ta’mirlashni boshlash yoki qarindoshlarga yordam berish mumkin. Agar o‘zingiz uddalay olmaydigan vazifalar paydo bo‘lsa, eski tanishlaringizning maslahatlariga quloq tuting. Ularning tajribasi mos yechimni topishga yordam beradi. Kunning o‘rtasi hissiy jihatdan qiyin bo‘lishi mumkin. Bu paytda arzimas sabablar ham bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi, atrofdagilar bilan til topishish odatdagidan qiyinroq kechadi. Quyida burjlar bo‘yicha 17-oktabr uchun munajjimlar bashoratini taqdim qilamiz.
Qo‘y (21.03 – 20.04)

Kunning boshlanishi muloqot nuqtayi nazaridan oson kechmaydi. Atrofdagilarning munosabati haqida o‘ylamasdan, o‘zlari o‘ylagan hamma narsani aytishga moyil bo‘ladi. Yaqin kishingizga qo‘pol gap aytib, uni ranjitib qo‘yish, keyin esa aytgan gapingizdan pushaymon bo‘lish xavfi bor. Kechirim qabul qilingan taqdirda ham, noxush taassurot saqlanib qolishi mumkin. Shuning uchun jiddiy gaplarni keyinga qoldirgan ma’qul: ertalab o‘zaro ta’na-dashnomlar, gina-kuduratlar, tortishuvlar xavfi katta.
Buzoq (21.04 – 20.05)

Muloqot nuqtayi nazaridan kun oson bo‘lmaydi. Burj vakillari o‘z qarashini o‘jarlik bilan himoya qiladi va yon berishlari dargumon. Shu bilan birga, atrofdagilar ham unchalik moslashuvchan bo‘lmay, sizga yuqori talablar qo‘yishi mumkin. Natijada hatto beozor suhbat ham o‘zaro e’tiroz va xafagarchiliklar bilan yakunlanishi mumkin. Vaziyatni og‘irlashtirmaslikka harakat qiling.
Ayniqsa, sevimli insoningiz bilan munosabatlar oson bo‘lmaydi. Eski ginalar esga tushishi, birgalikdagi rejalarni o‘zgartirishga to‘g‘ri kelishi mumkin, bu esa har ikki tomonning noroziligiga sabab bo‘ladi.
Egizaklar (21.05 – 21.06)

Kun boshida siz sodir bo‘layotgan voqealarga juda keskin munosabatda bo‘lasiz va hatto arzimas hodisalarni ham yuragingizga yaqin olasiz. Shu sababli muloqot oson kechmaydi. Uzoq muddatli rejalarni muhokama qilmaganingiz va darhol muhim narsa haqida kelishib olishga harakat qilmaganingiz ma’qul: sizga suhbatdosh o‘z nuqtayi nazarini o‘tkazayotgandek va qiziqishlaringizni e’tiborsiz qoldirayotgandek tuyulishi mumkin. Bunday vaziyatda hammani qoniqtiradigan yechim topish qiyin bo‘ladi.
Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)

Kunning boshlanishi ancha murakkab bo‘ladi. Ayniqsa, qiyin ishlarga darhol kirishmaslik kerak: vaziyat unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmasligi mumkin, odatiy vazifalarni hal qilish uchun esa kutganingizdan ko‘ra ko‘proq vaqt talab etiladi. Kechikishlar bo‘lishi mumkin, ba’zi uchrashuvlarni keyinga qoldirishga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, o‘z maqsadiga tez erishishga odatlanganlarga oson bo‘lmaydi. Eng sezgirlar bundan keyin ham hamma narsa ko‘ngildagidek bo‘lmaydi, deb qaror qilishlari mumkin, ammo bunday xavotirlar behuda bo‘lib chiqadi.
Arslon (23.07 – 23.08)

Kun omadli bo‘ladi: ko‘p ishlar yaxshi bo‘lib ketadi va siz, birinchi navbatda, nima bilan shug‘ullanish va nimani keyinga qoldirish haqida uzoq o‘ylashingizga to‘g‘ri kelmaydi. Intuitsiya to‘g‘ri qaror qabul qilishga va maqsadga erishishning eng maqbul yo‘lini tanlashga yordam beradi. So‘nggi paytlarda o‘zini yo‘qotib qo‘ygan va nima qilishni bilmaganlar rejalarini aniqlay oladi.
Moliya sohasida muammolar yuzaga kelmaydi. Siz o‘tkinchi hissiyotlarga berilmaysiz yoki o‘tkinchi istaklarga ergashmaysiz, balki ehtiyotkorlik bilan harakat qilasiz.
Parizod (24.08 – 22.09)

Kun boshida ko‘plab ajoyib g‘oyalar paydo bo‘ladi. So‘nggi paytlarda jiddiy shaxsiy yoki kasbiy muammolar ustida bosh qotirganlar, nihoyat, ularni qanday hal qilishni tushunib yetadi. Ayrim burj egalari uzoq vaqtdan beri bezovta qilib kelayotgan savollariga javob oladi. Asta-sekin aniqlik paydo bo‘ladi, rejalar tuzish va ustuvorliklarni belgilash osonlashadi. Siz, haqiqatan ham, muhim ishlarga e’tibor qarata olasiz va vaqtingizni mayda-chuydalarga sarflamaysiz.
Tarozi (23.09 – 23.10)

Kunning boshlanishi biroz qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin, ayniqsa, bu vaqtga muhim narsalarni rejalashtirganlar uchun. Kutilmagan kechikish yoki noqulay vaziyat tufayli rejalarni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi, ba’zi uchrashuvlar esa qoldirilishi mumkin. Biroq jiddiy xavotirga o‘rin yo‘q: tez orada ijobiy tendensiyalarning ta’siri kuchayadi va siz yo‘qotilganlarni qoplay olasiz.
Chayon (24.10 – 22.11)

Kun jiddiy o‘zgarishlar yoki muhim g‘alabalar olib kelishi dargumon, ammo umuman olganda, juda yaxshi bo‘ladi. Ertalab ijobiy tendensiyalarning ta’siri, ayniqsa, muloqot sohasida sezilarli bo‘ladi. Ko‘plar atrofdagilar bilan til topishish ancha osonlashganini sezadi. Hatto ilgari istamay kelgan odamlar ham muloqotga va o‘zaro tushunishni izlashga tayyor bo‘ladi. Kimdir sizga qiziqarli narsani taklif qilishi mumkin, intuitsiya esa rozi bo‘lish yoki bo‘lmaslikni aytib beradi.
O‘qotar (23.11 – 21.12)

Kunning boshlanishi oson bo‘lmaydi. Vaziyatning omadsiz kelishi rejalaringizni buzishi mumkin va odatdagi ishlar o‘rniga kutilmaganda paydo bo‘lgan muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi. Bu bugun ayniqsa aniqlik, tartib va aniqlikni xohlaydiganlarni xursand qilishi dargumon. Bunday burj vakillari hamma narsa ular kutgandek bo‘lmagani uchun qattiq asabiylashishlari mumkin.
Kun o‘rtasida tugallanmagan ishlar, ko‘pdan beri e’tibor talab qilayotgan masalalar esingizga tushadi.
Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)

Uzoq vaqtdan beri ortga surib kelayotgan ishlaringizga kirishish vaqti keldi. Ko‘plar eng murakkabidan boshlashga qaror qiladi va bu to‘g‘ri tanlov bo‘ladi. Kunning birinchi yarmi diqqatni jamlash, e’tibor va aqliy kuch talab qiladigan vazifalar uchun mos keladi. Siz hatto murakkab masalalarni ham tushunib olasiz va sezilarli yutuqlarga erishasiz.
Tashkiliy ishlarni ham yaxshi uddalaysiz. Rahbarlik sifatlari ham yorqin namoyon bo‘ladi.
Qovg‘a (21.01 – 19.02)

Kun qiyin kechadi, ammo yoqimli lahzalardan xoli bo‘lmaydi. Ularning aksariyati yaqinlar bilan muloqot va qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘ladi. Zarur bo‘lsa, maslahat yoki yordam so‘rab qarindoshlari va do‘stlariga murojaat qilishlari mumkin. Kimdir to‘g‘ri qaror qabul qilishga va jiddiy xatolardan qochishga yordam beradigan muhim ma’lumotlarni baham ko‘rishi ehtimoldan xoli emas.
Kunning boshlanishi ishqiy munosabatlar uchun qulay bo‘ladi. Sevimli insoningiz sizni yarim so‘zdan tushunadi va nimadir bilan xursand qilishga intiladi.
Baliq (20.02 – 20.03)

Kun noxush syurprizlarsiz o‘tishi dargumon, ammo ijobiy tendensiyalar ustunlik qiladi. Erta tong omadli bo‘ladi va yangi ishlar uchun qulay. Ehtimol, yaqinlaringiz yoki hatto yaqinda tanishgan do‘stlaringiz sizga noodatiy vazifalarni bajarishda yordam berishar. Agar siz ba’zi kichik xatolarga yo‘l qo‘ysangiz, atrofdagilar ularga o‘z vaqtida e’tibor qaratadi va ularni qanday tuzatish kerakligini aytadi.