Javohir va Bibisoraning to‘yi bo‘ladi — Sindarovning bobosi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
To‘y masalasi shaxmatchi Jahon shaxmat tojini O‘zbekistonga olib kelganidan so‘ng muhokama qilinadi
Javohir Sindarov Bibisara Assaubayeva uchun trabnsportni to‘xtatdi — video
Foto: Assaubayeva / Instagram

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari Komil Sindorov nabirasi, grossmeyster Javohir Sindarov va qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assaubayeva o‘rtasidagi munosabatlarni tasdiqlab, ularning to‘yi bo‘lishini aytdi.

Do‘stlikdan boshlangan munosabatlar va to‘y sharti

Komil Sindorovning so‘zlariga ko‘ra, yosh shaxmatchilar bolaligidan buyon ko‘plab musobaqalarda birga qatnashgan va ularning dunyoqarashi o‘xshash. Avvaliga oila a’zolari buni yoshlik qiziqishi deb hisoblagan bo‘lsa-da, bir necha yillik do‘stona munosabatlar muhabbatga aylangan.

«Agar yoshlar shunday fikrga kelsa, men qarshi emasman, oq fotiha beraman. Hozir Javohir uchun buni o‘ylaydigan vaqt emas. U Jahon shaxmat tojini O‘zbekistonga olib kelsa, albatta, bu masalani muhokama qilamiz. To‘y bo‘ladi, bundan juda ko‘p narsa kutyapmiz», – dedi Komil Sindorov.

Ikki xalqni birlashtiruvchi rishta va sportga foyda

Federatsiya rasmiysi Javohir Sindarov yilning 11 oyida xorijdagi musobaqalarda ishtirok etishi sababli shaxmat olamini tushunadigan inson bilan oila qurishi har tomonlama ma’qul va qulay ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u bir necha karra Jahon chempioni Bibisora Assaubayeva bilan bo‘ladigan nikoh ikki qardosh xalqni birlashtiruvchi vosita ekanini qayd etdi.

«Bibisoraning kelishi, albatta, o‘z xohishiga ko‘ra — O‘zbekiston shaxmati rivoji uchun foyda bo‘ladi. Millat va vatan manfaati bizning shaxsiy hamda oilaviy manfaatimizdan ustun», – deya qo‘shimcha qildi shaxmatchining bobosi.

Avvalroq Kursiv nashri Bibisora Asaubayeva Javohir Sindarov bilan munosabatlari qachon boshlanganini aytgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek