Andijonlik ustoz 68 yoshida bakalavr diplomini oldi

eʼlon qilindi
64 yoshida oliygohga kirgan
Andijonlik ustoz 68 yoshida bakalavr diplomini oldi
Foto: Telegram

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi Farida Hoshimova 68 yoshida bakalavr diplomini oldi. U 2021-yilda 64 yoshida 142 ball to‘plab, Andijon davlat pedagogika institutiga o‘qishga kirgan va to‘rt yillik ta’limni muvaffaqiyatli yakunlagan.

Farida Hoshimova uzoq yillar maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktabda bolalarga ta’lim-tarbiya berib kelgan.

2021-yilda u 142 ball to‘plab, Andijon davlat pedagogika institutiga talabalikka qabul qilingan. To‘rt yil davomida tahsil olgan Farida Hoshimova bu yil 68 yoshida bakalavr diplomiga ega bo‘ldi.

Hozir ham maktabda dars beradi

U hozir Jalaquduq tumanidagi 12-maktabda musiqa fanidan dars bermoqda. Farida Hoshimova yosh avlodga musiqa va san’at sirlarini o‘rgatish bilan birga, ijod bilan ham shug‘ullanadi.

U bir nechta she’riy kitoblar muallifi hisoblanadi. Shuningdek, mumtoz xalq kuylariga mos she’rlar yozib, bolalar uchun zamonaviy qo‘shiqlar ham yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kelasi o‘quv yilidan O‘zbekistondagi oliygohlarda energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshirilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, har yili 50 nafar yoshga dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil olish uchun davlat granti ajratiladi.

Shuningdek