Buxoroda Malibu-2 haydovchisi 201 km/soat tezlikda harakatlandi

eʼlon qilindi
Haydovchi avtomobilning davlat raqamlarini yechib, saloniga qo‘ygan
Foto: Buxoro YHXB

Buxoro shahrida Malibu-2 haydovchisi tezlik cheklovi 60 km/soat bo‘lgan yo‘lda 201 km/soat tezlikda harakatlandi. Haydovchi avtomobilning davlat raqamlarini yechib, saloniga qo‘ygan. Bu haqda Buxoro viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qoidabuzarlik aks etgan video tarqaldi

Ma’lum qilinishicha, haydovchi shahar ichidagi ko‘chalardan birida belgilangan tezlikni 141 km/soatga oshirib harakatlangan. U avtomobilning davlat raqam belgilarini o‘zboshimchalik bilan yechib, saloniga joylashtirgan.

Avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi qoidabuzarlikni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Shundan so‘ng YHXB xodimlari surishtiruv o‘tkazib, haydovchi va avtomobilni aniqlagan.

Haydovchiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

Haydovchining o‘zi ham holatni tasdiqlab, avtomobilning davlat raqamlarini sherigi bilan kelishgan holda yechganini aytgan. U qilmishi takrorlanmasligini bildirib, boshqalarni ham bunday harakatlardan tiyilishga chaqirgan.

Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-3-moddasi 4-qismi (belgilangan harakat tezligini oshirish hamda 125-moddasi 5-qismi – davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan yechib olingan transport vositasini boshqarish) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Malibu-2 avtomobili vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Avvalroq Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan BMW haydovchisi yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgandi.

Shuningdek