
Honor Xitoyda Honor Life turkumidagi ikkita yangi tashqi akkumulyatorni taqdim etdi. Ulardan biri 10 000 mA/soat, ikkinchisi esa 20 000 mA/soat sig‘imga ega.
Kichik modelning qalinligi 16,68 mm. Katta versiya esa ikki baravar ko‘p sig‘imga ega bo‘lgani sababli kattaroq korpusda ishlab chiqilgan.
Raqamli indikator va ichki USB-C kabeli bor
Har ikki powerbank old qismida qolgan quvvat miqdorini foizda ko‘rsatadigan raqamli displey bilan jihozlangan.
Shuningdek, qurilmalarda o‘rnatilgan o‘rama USB-C kabeli mavjud. Shu sababli kundalik foydalanishda alohida sim olib yurish shart emas.
USB-C kabeli ikki tomonlama tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. U orqali nafaqat boshqa qurilmalarni, balki powerbankning o‘zini ham quvvatlash mumkin.
Bir nechta qurilmani bir vaqtda quvvatlaydi
Yangi Honor Life powerbanklari bir nechta gadjetni bir vaqtning o‘zida quvvatlash imkoniyatiga ega.
Qurilmalarda qizib ketishni nazorat qiluvchi NTC aqlli chipi ham o‘rnatilgan. U ishlash jarayonida haroratni kuzatib boradi.
Honor ma’lumotiga ko‘ra, powerbanklar 3C sertifikatidan o‘tgan va aviaparvozlarda foydalanish uchun mos deb ko‘rsatilgan.
Narxi qancha
Xitoyda 10 000 mA/soatli versiya 148 yuan, 20 000 mA/soatli model esa 198 yuan turadi. Har ikki qurilma Honor’ning JD.com’dagi rasmiy do‘koni orqali sotuvga chiqarilgan.
Dizayn jihatidan yangi powerbanklar qizil rangli korpus, qora chiziqlar va Honor Life logotipi bilan ajralib turadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Honor Win 2 narxi taqdimotdan oldin e’lon qilingani haqida yozgan edi.