Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kuzgi ta’til 2026-yil 4-noyabrdan boshlanadi. O‘quvchilar 9-noyabrgacha dam oladi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, kuzgi ta’til 4-noyabrdan 9-noyabrgacha davom etadi. Shu davrda maktablarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi.
Ikkinchi chorak 10-noyabrdan boshlanadi
O‘quvchilar 10-noyabrdan yana darslarga qaytadi. Shu sanadan boshlab maktablarda 2026/2027-o‘quv yilining ikkinchi chorak darslari boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ilk bor maktab o‘quvchilariga insult belgilarini aniqlashni o‘rgatuvchi «FAST – superqahramonlar» xalqaro dasturi joriy etilishi xabar qilingandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, xalqaro dastur joriy yil 1-noyabrdan boshlanadi. Bunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga yuzdagi o‘zgarish, qo‘ldagi holsizlik va nutq buzilishi orqali insultni aniqlash o‘rgatiladi. Mazkur dasturda bolalar bunday vaziyatda vaqtni boy bermasdan kattalarga xabar berish va 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni ham o‘rganadi.