Marko Rubio Samarqandda, Google Pay O‘zbekistonda — 19-oktabr yangiliklari

eʼlon qilindi
Tramp O‘zbekistonga kelgusi yil kelishi mumkin
Marko Rubio Samarqandda, Google Pay O‘zbekistonda — 19-oktabr yangiliklari
Foto: Saida Mirziyoyeva/ Telegram

Marko Rubio Samarqandda, Google Pay O‘zbekistonda — 19-oktabr yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Tramp O‘zbekistonga kelgusi yil kelishi mumkin — Marko Rubio

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi, AQSh bilan kelajakdagi kelishuvlar, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar hamda Donald Trampning ehtimoliy tashrifi haqida gapirdi. Rubio bu haqda Samarqanddagi Registon maydonida jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.

Google Pay O‘zbekistonda yaqin haftalarda ishga tushadi

O‘zbekistonda Google Pay ishga tushirildi
Foto: depositphotos

Google Pay O‘zbekistonda yaqin haftalarda ishga tushadi. Bu haqda 19-oktabr kuni Samarqandda o‘tkazilayotgan C5+1 formatidagi tadbirlar doirasidagi panel sessiyasida ma’lum qilindi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirda so‘zga chiqqan Google Cloud’ning Markaziy va Sharqiy Yevropa bo‘yicha hukumat bilan aloqalar va davlat siyosati masalalari rahbari Marcin Krasuski xizmat O‘zbekistonda ish boshlaganini e’lon qildi.

VEON 207 mln dollar evaziga Perfectum’ni sotib oladi

Foto: Veon.com

Xalqaro telekommunikatsiya guruhi VEON O‘zbekistonda Perfectum brendi ostida ishlaydigan Rubicon Wireless kompaniyasining 100 foiz ulushini taxminan 207 mln dollarga sotib olishga kelishdi. Bu haqda VEON’ning 19-oktabrdagi rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.

Bitim Beeline Uzbekistan’ning radiochastota resurslarini qariyb 50 foizga oshirishi va 5G tarmog‘ini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda.

Mirziyoyev Turkmaniston vakili bilan chegaradagi vaziyatni baholadi

Mirziyoyev Turkmaniston TIV
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Samarqandda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari — tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, savdo hajmini oshirish va mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Putin Tramp va Si Szinpinni sammitga taklif qildi

Si Szinpin va Putin
Foto: zdf.de

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy raisi Si Szinpin bilan uch tomonlama sammit o‘tkazishni taklif qildi. Uchrashuvda Ukrainadagi urushni tugatish masalasi muhokama qilinishi mumkin. Biroq Tramp hozircha taklifga rozilik bermagan. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga tayanib xabar berdi.

Toshkentda 978 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori aniqlandi

Toshkentda 978 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori aniqlandi
Foto; Departament

Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq holat aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Prezident va davlat stipendiyalari test natijalari e’lon qilindi

2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar uchun o‘tkazilgan maxsus test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Talabgorlar natijalarni my.edu.uz tizimidagi shaxsiy kabineti orqali ko‘rishi mumkin.

Maxsus test sinovlari 10-oktabr kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Bibisara Assaubaeva O‘zbekistonga kelsa, bu shaxmatimiz uchun turtki bo‘ladi — Komil Sindarov

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari va grossmeyster Javohir Sindarovning bobosi Komil Sindarov nabirasining qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Assaubaeva bilan turmush qurishi haqida fikr bildirdi. U «Qarorgoh» podkastida ma’lum qildi.

Shakiraning Markaziy Osiyodagi ilk konserti qanday o‘tdi — video

18-oktabr kuni jahon yulduzi Shakira Bishkekdagi yangi «Bishkek Arena» stadionida konsert berdi. Bu xonandaning Markaziy Osiyodagi ilk konserti bo‘lib, tomoshabinlar 33 davlatdan, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyadan kelgan, deya xabar berdi Kursiv Kazakhstan

Shuningdek