Qor va yomg‘ir: 19-oktabr kuni ob-havo qanday bo‘ladi

eʼlon qilindi
Respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, tog‘li joylarda esa yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin
Qor va yomg‘ir: 19-oktabr kuni ob-havo qanday bo‘ladi
Foto: depositphotos

19-oktabr kuni O‘zbekistonning katta qismida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet prognozida ma’lum qilindi.

Hududlarda havo qanday bo‘ladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 5–10 daraja, kunduzi 18–23 daraja bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 20–25 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 10–15 daraja, kunduzi 20–25 daraja bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 23–28 darajagacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 10–15 daraja, kunduzi 20–25 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘larda yomg‘ir va qor bo‘lishi mumkin

Respublikaning tog‘li hududlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda esa qor tushishi mumkin. Bu hududlarda harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 14–19 daraja bo‘ladi.

Shamol aksariyat hududlarda sharqdan 7–12 m/s, Farg‘ona vodiysida esa 5–10 m/s tezlikda esadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek