Samsung Galaxy F70 smartfoni sotuvga chiqdi

19-oktabr 2026 10:53 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy F70 smartfoni sotuvga chiqdi
Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasi Hindistonda yangi Samsung Galaxy F70 5G smartfonini sotuvga chiqardi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

90 Hz AMOLED ekran oldi

Galaxy F70 5G 6,7 dyuymli Full HD+ AMOLED displey bilan jihozlangan. Ekranning yangilanish chastotasi 90 Hz.

Displey Corning Gorilla Glass Victus himoya oynasi bilan qoplangan. Smartfon Samsung Exynos 1330 protsessorida ishlaydi. Xotirani microSD kartasi orqali kengaytirish imkoniyati ham mavjud.

Asosiy kamera 50 MP

Orqa panelda uch kamerali blok joylashtirilgan. Asosiy kamera 50 MP aniqlikda bo‘lib, optik tasvirni barqarorlashtirish – OIS funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, 5 MP ultra keng burchakli va 2 MP makro kamera mavjud. Old kamera esa 13 MP.

Foto: Sammobile

5000 mA/soat batareya

Galaxy F70 5G 5000 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. U 25 W quvvatdagi simli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Aloqa imkoniyatlari qatoriga 5G, ikkita SIM-karta, Wi-Fi, Bluetooth, GPS va NFC kiradi. Smartfonning qalinligi 7,5 mm, og‘irligi esa 192 grammni tashkil etadi.

Ikki xil rangda chiqarildi

Galaxy F70 5G Bold Black va Vivid Violet ranglarida sotuvga chiqarilgan.

Hindiston ushbu model taqdim etilgan birinchi bozor bo‘ldi. Samsung hozircha Galaxy F70’ning boshqa mamlakatlarda sotuvga chiqishi haqida ma’lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Galaxy S26 Ultra eng yaxshi ixtirolardan biri deb topilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek