Aqidaxon Axtamova rekord bilan Para Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi

eʼlon qilindi
U finalda 128 kg ko‘tarib, musobaqa rekordini yangilagan
Foto: Paralympicuz

O‘zbekistonlik para pauerliftingchi Aqidaxon Axtamova Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarida 55 kg vazn toifasida chempion bo‘ldi. O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo’mitasining ma’lum qilishicha, u finalda 128 kg ko‘tarib, musobaqa rekordini yangilagan.

Raqiblarini 11 kg farq bilan ortda qoldirdi

Axtamovaning 128 kg natijasi unga oltin medal keltirdi. Ikkinchi o‘rinni 117 kg ko‘targan Xitoy vakilasi, uchinchi o‘rinni esa 112 kg natija qayd etgan Tailand sportchisi egalladi. Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchi eng yaqin raqibini 11 kg farq bilan ortda qoldirdi.

Paralimpiadadan Osiyo chempionligigacha

Aqidaxon Axtamova 2024-yil Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarida kuchli beshlikdan joy olgan edi. Sportchi 112 kg natija bilan beshinchi o‘rinni egallagan. 2026-yil aprelida esa Bangkokdagi Osiyo–Okeaniya ochiq chempionatida 55 kg vazn toifasida ikki oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Avvalroq «Kursiv» para sportchilar va sport homiylari uchun yangi rag‘batlantirish tizimi joriy etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek