Kim Chen In komaga tushgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi

Britaniyaning The Sun nashri Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In miyasiga qon quyilgani, komaga tushgani va davolanish uchun Pekinga olib ketilgani haqida xabar berdi. Biroq ushbu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Kim Chen In 19-oktabr kuni omma oldida ko‘ringan

Shimoliy Koreya davlat axborot agentligi KCNA 20-oktabr kuni Kim Chen In bir kun avval Pxenyandagi kiyim-kechak va poyabzal ko‘rgazmasiga tashrif buyurganini yozgan. Rasmiy suratlarda u rafiqasi Ri Sol Ju va qizi Kim Ju E bilan birga ko‘ringan.
Rasmiylar koma haqida ma’lumot bermadi
Shimoliy Koreya ham, Xitoy rasmiylari ham Kim Chen Inning komaga tushgani yoki Pekinda davolanayotgani haqida bayonot bermagan.
Shu sababli hozircha bu ma’lumotni tasdiqlangan fakt sifatida berish mumkin emas. KCNAning 19-oktabrdagi tadbir haqidagi xabari esa tarqalgan mish-mishlarga zid keladi.
Avvalroq «Kursiv» Shimoliy Koreya yangi raketalarni sinovdan o‘tkazgani haqida yozgan edi.