
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Paxtakor» klubi futbolchisi Muhammadrasul Abdumajidovning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy tarmoqlarda futbolchining to‘yidan foto va videolar tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Muhammadrasul Abdumajidovning to‘yidan lavhalarni ulashib, futbolchini yangi hayot bosqichi bilan tabriklamoqda.
Faoliyatini Fransiyada davom ettirishi kutilmoqda
Klub xabarida Abdumajidov yaqin kunlarda futbolchilik faoliyatini Fransiyada legioner sifatida davom ettirishi qayd etilgan.
Futbolchi hozirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va «Paxtakor» klubi vakili hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi haqida xabar berilgandi. Fabio Kannavaro bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya bilan xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Uchrashuv 12-noyabr kuni «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.