Pedagog va öquvçilar har yili psixologik diagnostikadan ötkaziladi

eʼlon qilindi
Diagnostika maxsus elektron platformada ötkaziladi
Pedagog va öquvçilar har yili psixologik diagnostikadan ötkaziladi
Foto: yuz.uz

2026/2027 öquv yilidan maktabgaça va umumiy örta ta’lim taşkilotlarida, 2027/2028 öquv yilidan esa örta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim taşkilotlarida psixologik diagnostika yölga qöyiladi.

Yangi qarorga köra, yangi tizim ikki bosqiçda joriy etiladi. 2026/2027 öquv yilidan maktabgaça va umumiy örta ta’lim taşkilotlarida, 2027/2028 öquv yilidan esa örta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim taşkilotlarida psixologik diagnostika yölga qöyiladi.

Diagnostika maxsus elektron platformada ötkaziladi

Psixologik diagnostika Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan maxsus elektron platforma orqali taşkil etiladi.

Jarayonda şaxsga doir ma’lumotlar hamda diagnostika natijasida aniqlangan ma’lumotlarning sir saqlanişi ta’minlanişi belgilangan.

Natijalarni sun’iy intellekt tahlil qiladi

Diagnostika natijalari sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida tahlil qilinadi.

Şundan söng pedagog va öquvçilar «psixologik barqaror», «psixologik qo‘llab-quvvatlaşga muhtoj» hamda «faol psixologik qo‘llab-quvvatlaş zarur» guruhlariga ajratiladi.

«Psixologik qo‘llab-quvvatlaşga muhtoj» guruhiga kirganlar bilan ta’lim taşkiloti psixologi işlaydi. «Faol psixologik qo‘llab-quvvatlaş zarur» deb topilganlarga esa tegışli hudud böyiça mentor psixolog biriktiriladi.

Psixologlarga 20 foizlik ustama beriladi

Kaskadli malaka oşiriş kurslariga öqituvçi sifatida jalb etilgan psixologlarga kurs davrida asosiy iş joyidagi lavozim maoşiga nisbatan 20 foiz miqdorida ustama tölanadi.

Bundan taşqari, öquv yili davomida psixologik barqarorlikni ta’minlaşda yuqori körsatkiçlarga erişgan 150 nafar mentor psixolog bir martalik moddiy rağbatlantiriladi.

Ularning har biriga mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 20 barobari miqdorida mukofot beriladi.

Psixologlar har beş yilda malaka oşiradi

Ta’lim taşkilotlaridagi psixologik xizmat xodimlari kamida beş yilda bir marta malaka oşirişdan ötişi şart böladi.

Bu orqali ta’lim tizimidagi psixologlarning kasbiy tayyorgarligini muntazam yangilab boriş nazarda tutilgan.

Yangi Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti taşkil etiladi

Nizomiy Ganjaviy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universitetining Psixologiya öquv-ilmiy markazi negizida Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti taşkil etiladi.

Institut Ta’lim va ilm-fan vazirligi böysunuviga ötkaziladi.

2027-yil 1-yanvardan institut tarkibida Raqamli psixologiya va sun’iy intellekt, Ta’lim psixologiyasi va psixologik xizmat, şuningdek, Psixologik salomatlik va profilaktika laboratoriyalari faoliyat boşlaydi.

Avvalroq «Kursiv» prezident özbek alifbosini takomillaştiriş qonunini imzolagani haqida yozgan edi.

Shuningdek