Prezident özbek alifbosini takomillaştiriş qonunini imzoladi

eʼlon qilindi
Amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlarni qayta almaştiriş talab etilmaydi
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Şavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Qonun özbek tili bayrami kunida imzolandi

Saida Mirziyoyeva qonunning 21-oktabr kuni qabul qilinişini ramziy deb baholab, yangilangan alifbo yoşlar savodxonligi va özbek tilining mavqeyini oşirişga xizmat qilişiga umid bildirdi.

Hujjatlar qayta rasmiylaştirilmaydi

Saida Mirziyoyeva alifbodagi özgarişlar sabab amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlarni qayta almaştiriş talab etilmasligini ta’kidladi. Darsliklar, peşlavhalar va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç yangilanadi.

Maqsad — yozuvdagi noqulayliklarni kamaytiriş

Prezident Administratsiyasi rahbari alifbodagi özgarişlar yozuvdagi noqulayliklarni bartaraf etiş va özbek tilining raqamli makondagi örnini mustahkamlaşga qaratilganini bildirdi. U 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyada alifboni takomillaştiriş taşabbusini ilgari surganini ham eslatdi.

Shuningdek