Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi

Firibgarlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Istanbulda qo‘lga olindi. U O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida aniqlangan. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bo‘yicha firibgarlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan edi. U Istanbul shahrida aniqlanib, qo‘lga olingan.
Qo‘lga olingan shaxs belgilangan tartibda O‘zbekiston sud organlariga topshirildi.
Shuningdek, o‘qing: Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik ayol Istanbulda ushlandi
O‘zbekiston va Turkiya vakolatli idoralari xalqaro qidiruvdagi shaxslarni aniqlash hamda ularni javobgarlikdan qochishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha hamkorlikni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qidiruvdagi o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. U odam savdosi va noqonuniy ravishda chet elga chiqish bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanmoqda.