2027-yil Ğelonda toğ-çanği kurorti ișga tușiriladi

Qaşqadaryo viloyatga yil boşidan 2,5 mln sayyoh kelgan, birgina Ğelon qişloğiga taşrif buyurganlar soni esa 500 mingga yetgan. Bu haqda joriy yil 22-oktabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Qaşqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğilişda ma’lum qilindi.
Ğelonda toğ-çanği kurorti quriladi
Tatariston bilan hamkorlikda Ğelondagi toğ-çanği kurortining birinçi bosqiçini kelasi yili işga tuşiriş rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Çiroqçidagi Tarağay, Kitobdagi Başir va Yakkaboğdagi Tatar qişloqlarini etnoturizm markazlariga aylantiriş imkoniyatlari körib çiqiladi.
Şuningdek, öqing: Qaşqadaryoda içimlik suvi ta’minotini yaxşilaşga $360 mln jalb qilinadi
Rafting va sport turizmi rivojlantiriladi
Şahrisabz tumanidagi Sayyod va Suvtuşar qişloqlarida toğ daryolari negizida rafting va sport turizmini rivojlantiriş rejalashtirilgan. Mutasaddilarga olti qişloq böyiça bir oyda master-reja tayyorlab, 1-martdan $50 mlnlik loyihalarni boşlaş topshirildi.
Yangi gastronomik festivallar ötkaziladi
Har bahor Ğuzor tumanida «Lola va kabob», Kökdala tumanida esa «Çiyal yaxna» gastronomik festivallarini ötkaziş yölga qöyiladi.
Avvalroq «Kursiv» Qaşqadaryoda $20 mlrdlik loyihalar dasturi tayyorlanişi haqida yozgan edi.