AQŞ Saudiya Arabistonidan ayrim diplomatlarini olib çiqadi

AQŞ Davlat departamenti husiylar hujumlari xavfi ortgani sabab Saudiya Arabistonidagi elçixonaning muhim bölmagan xodimlari va ularning oila a’zolariga mamlakatni tark etişni buyurdi. Qaror Ar-Riyoddagi AQŞ diplomatik vakolatxonasiga tegişli.
AQŞ avvalroq Saudiya Arabistoniga safari böyiça tavsiya darajasini 3-darajada – «safarni qayta körib çiqiş» darajasida saqlab qolgan edi. Departament bunda dron va raketa hujumlari, jumladan, Eron hamda Eron qöllab-quvvatlaydigan husiylar bilan boğliq xavflarni körsatgan.
Dammam aeroportiga hujumda bir kişi halok böldi
DW ma’lumotiga köra, 21-oktabr kuni Saudiya Arabistonining Dammam şahridagi Qirol Fahd xalqaro aeroportiga zarba berilişi oqibatida bir kişi halok böldi va sakkiz nafar inson jarohat oldi.
Saudiya fuqaro aviatsiyasi ma’muriyati aeroportga yetkazilgan moddiy zarar hajmi baholanayotganini bildirdi. Rasmiylar hujum ortida kim turganini ma’lum qilmagan, husiylar ham uşbu hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.
Hujumdan keyin aeroport faoliyati vaqtinça töxtatilgan va reyslar boşqa aeroportlarga yönaltirilgan.
Neft obyektiga ham dron hujumi uyuştirilgan
Şu kuni Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi neft obyektiga yönaltirilgan dron urib tuşirilganini ma’lum qildi.
Biroq dron qoldiqlari tuşiçi oqibatida ikki kişi halok bölgan va yana ikki kişi jarohatlangan. Halok bölganlar Filippin va Nepal fuqarolari ekani aytilgan.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan Ilon Mask AQŞdagi har bir bolaga SpaceX aksiyasini bermoqçiligi haqida yozgan edi.