Buxoroda 10 kgdan ortiq sintetik narkotik aniqlandi

Buxoro şahrida faoliyat yuritgani aytilayotgan narkolaboratoriya foş etildi. Tezkor tadbirlar davomida jami 10 kg 850 gramm «spays» sintetik giyohvandlik moddasi aniqlandi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qömitasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Buxoro şahridagi köp qavatli uylardan birida taşkil etilgani aytilayotgan narkolaboratoriya aniqlandi.
Rasmiy ma’lumotga köra, Jondor tumanida yaşovçi 27 va 29 yoşli ikki fuqaro internetdagi narkotik moddalar savdosi bilan şuğullanuvçi dökonda «omborçi» va «kimyogar» vazifasini bajargan.
Xonadondan 6,65 kg «spays» topildi
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ma’lumotiga köra, şaxslar Buxoro şahridagi xonadonda sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlaş va sotuvga çiqariş bilan şuğullangani gumon qilinmoqda.
Xonadon xolislar iştirokida közdan keçirilganda umumiy oğirligi 6 kg 650 gramm bölgan «spays» sintetik narkotik moddasi topilgan.
Şuningdek, manzildan SIM-kartalar, respiratorlar, qölqoplar, zip-paketlar, elektron tarozi hamda köp miqdordagi tamaki mahsulotlari aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Kogondagi xufiyona joylardan yana 4,2 kg topildi
Tezkor tadbir davom ettirilib, gumonlanuvçilar tomonidan Kogon tumanidagi xufiyona joylarga kiçik bölaklarda yaşirib qöyilgani aytilayotgan narkotik moddalar ham aniqlandi.
Mazkur joylardan jami 4 kg 200 gramm «spays» moddasi olinib, protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Şu tariqa ikki manzildan aniqlangan sintetik giyohvandlik moddasining umumiy oğirligi 10 kg 850 grammni taşkil etdi.
Gumonlanuvçilar qamoqqa olindi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi hamda 276¹-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçilarga nisbatan «qamoq» ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Samarqand va Namanganda noqonuniy Umra xizmatlari aniqlangani haqida yozgan edi.