Meta kompaniyasiga rekord darajadagi $25 mlrd jarima belgilandi

AQŞning Nyu-Meksiko ştati sudi Meta kompaniyasiga Facebook foydalanuvçilari ma’lumotlari bilan boğliq iş doirasida $25 mlrd tölaş majburiyatini yukladi. Bu kompaniya tarixidagi eng yirik moliyaviy jazolardan biri böldi.
Sud qarori Cambridge Analytica mojarosi bilan boğliq da’vo doirasida çiqarildi. Hakamlar hay’ati Meta foydalanuvçilarni ularning ma’lumotlari kimlar tomonidan va qanday işlatişi mumkinligi haqida çalğitgan, degan xulosaga kelgan.
Sud 43 mlndan ortiq qoidabuzişni aniqladi
Nyu-Meksiko sudi Meta’ning 29 ta bayonotidan 26 tasini çalğituvçi deb topgan.
Sud materiallariga köra, bu holatlar ştatning iste’molçilarni himoya qiliş qonunçiligiga oid 43 mlndan ortiq qoidabuziş sifatida baholangan. Sudya dastlab $219 mlrddan ortiq jarimani asosli deb hisoblagan, biroq yakunda tölov miqdorini $25 mlrd etib belgilagan.
Sudya Francis J. Mathew qarorida Facebook foydalanuvçilarga öz ma’lumotlari ustidan nazorat borligi haqida va’da bergani, biroq bu bayonot haqiqatga mos kelmaganini qayd etdi.
İş Cambridge Analytica mojarosiga borib taqaladi
Da’vo Facebook foydalanuvçilarining ma’lumotlari Cambridge Analytica siyosiy konsalting kompaniyasi tomonidan ularning roziligisiz olingani haqidagi mojaro ortidan kelib çiqqan.
Reuters ma’lumotiga köra, Cambridge Analytica uçinçi tomon ilovasi orqali 87 mln gaça Facebook foydalanuvçisining şaxsiy ma’lumotlariga kiriş imkoniga ega bölgan. Kompaniya Donald Trampning 2016-yilgi prezidentlik kampaniyasi bilan ham işlagan.
Nyu-Meksiko Meta’ni foydalanuvçilarga ularning ma’lumotlariga kimlar kiriş imkoniga ega ekanini notöğri körsatganlikda ayblagan.
Meta aksiyalari o‘sdi
Jarima haqidagi xabar kompaniyaning uçinchi çorak moliyaviy hisobotidan sal oldin e’lon qilindi.
Meta uçinchi çorakda $64,6 mlrd daromad qayd etdi, bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 26 foizga ko‘p. Hisobot e’lon qilinganidan keyin kompaniya aksiyalari kengaytirilgan savdolarda 4 foizdan ko‘proq o‘sdi.
Avvalroq «Kursiv» Avstraliya Meta va boşqa platformalarni sudga bermoqçiligi haqida yozgan edi.