Qaşqadaryoda qişloq xöjaligida yana 200 ming kişini daromadli qiliş rejalaştirilmoqda

Qaşqadaryoda qişloq xöjaligining özida qöşimça 200 ming kişini daromadli qiliş imkoniyati mavjud. Şu maqsadda sakkizta tumandagi 100 ming gektar yaylovda dronlar yordamida qurğoqçilik va şörga çidamli çorva ozuqasi ekinlari yetiştiriş boşlanadi.
100 ming gektar yaylovda yangi ekinlar ekiladi
Jahon banki bilan hamkorlikda Misr tajribasi asosida sakkizta tumandagi jami 100 ming gektar yaylovga dronlar yordamida qurğoqçilik va şörlanişga çidamli çorva ozuqasi ekinlarini ekiş boşlanadi.
Bu işlar Nişon, Ğuzor, Muborak, Kökdala, Koson, Mirişkor, Qamaşi va Dehqonobod tumanlarida olib boriladi.
Yirik çorvaçilik komplekslari taşkil etiladi
Mazkur tumanlarda 10 ming boşdan yirik şoxli va 50 ming boşdan mayda şoxli çorvaga möljallangan komplekslarni taşkil etiş vazifasi qöyildi.
Şuningdek, import qilingan çorvani aholiga sotişda qöşilgan qiymat soliğining nol stavkasini qöllaş belgilandi.
Ğuzorda 10 ming gektar yer foydalanişga kiritiladi
Ğuzor tumanida qöşimça 10 ming gektar yer qişloq xöjaligi aylanmasiga kiritiladi. Uşbu maydonning yarmida paxta, qolgan qismida esa ozuqa ekinlari yetiştiriladi.
Yerlar dehqonlarga berilib, klaster tizimini yölga qöyiş közda tutilgan.
Imtiyozlar paketi işlab çiqiladi
Yerlarni xöjalik aylanmasiga samarali kiritiş va yangi loyihalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida mas’ullarga bir hafta içida maxsus imtiyozlar paketini işlab çiqiş topşirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qaşqadaryoda tadbirkorlar va kitobxonlar mukofotlangani haqida yozgan edi.