
Tesla Kaliforniyaning Fremont şahridagi zavodida Optimus odamsimon robotlarini dastlabki seriyali işlab çiqarişni boşladi. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask Tesla’ning 2026-yil uçinçi çorak moliyaviy natijalari muhokamasi vaqtida ma’lum qildi.
Maskning aytişiça, kompaniya kelajakda haftasiga 20 mingtagaça Optimus işlab çiqariş quvvatiga çiqişni maqsad qilgan. Biroq bunday körsatkiçga erişiş kamida bir yil, ehtimol undan ham köproq vaqt talab qilişi mumkin.
Dastlabki seriyali Optimus robotlari işlab çiqarildi
Tesla hisobotida işlab çiqariş liniyasidan ommaviy işlab çiqariş talablariga mos keladigan dastlabki Optimus robotlari çiqqani ma’lum qilindi. Kompaniya ta’kidlaşiça, amaldagi texnologik jarayon tijoriy mahsulot işlab çiqariş imkonini bermoqda.
Yangi liniyani joylaştiriş uçun Tesla avval Model S va Model X elektromobillarini yiğişda foydalanilgan uskunalarni 46 kun içida demontaj qilgan.
Yiliga bir million robot işlab çiqariş rejalaştirilgan
Ilon Maskning sözlariga köra, yiliga bir milliontagaça robot işlab çiqarişga möljallangan yangi liniya uskunalarining asosiy qismi allaqaçon örnatilgan. Şunga qaramay, kompaniya hali qariyb 10 mingta komponent va işlab çiqariş jarayonini sozlaşi kerak.
Mask mutlaqo yangi mahsulotni sanoat miqyosida işlab çiqarişni yölga qöyiş texnik qiyinçiliklar va keçikişlar bilan keçayotganini tan oldi.
Robot qöllari va magnitlar muammo bölib qolmoqda
Optimus loyihasidagi asosiy hal qilinmagan masalalardan biri robot manipulyatorlari, ya’ni qöl va barmoqlar tizimini işlab çiqiş bilan boğliq. Bundan taşqari, Xitoydan noyob yer metallari asosidagi magnitlar yetkazib berilişidagi çeklovlar ham işlab çiqarişga ta’sir qilmoqda.
Tesla Optimus’ni yangi AI5 çipi bilan jihozlaşni ham rejalaştirgan. Kompaniya ma’lumotiga köra, uning hisoblaş imkoniyatlari avvalgi AI4 çipiga nisbatan sezilarli darajada yuqori böladi.
Taşqi mijozlarga yetkazib beriş 2027-yil oxiridan keyin boşlanişi mumkin
Mask Optimus’ning konstruksiyasi, işonçliligi va xizmat muddati bilan boğliq muammolarni 2027-yil oxirigaça hal qilişni rejalaştirmoqda.
Şundan keyin Tesla robotlarni taşqi buyurtmaçilarga yetkazib berişni boşlaşi mumkin.
Dastlab Optimus, asosan, sanoat korxonalarida qöllanilişi közda tutilgan. Robotlar xavfli, bir xil va takrorlanuvçi, şuningdek, sutka davomida uzluksiz bajarilişi kerak bölgan vazifalarni bajarişga möljallangan.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Tesla va SpaceX birlaşişi mumkinligi haqida yozgan edi.