Toşkentda bu kuzda «zararli» havo kunlari qayd etilmadi

eʼlon qilindi
Kuz-qiş mavzumida havo yaxşiroq bölişi kutilmoqda
Hafta davomida ob-havo qanday bo‘ladi
Foto: depositphotos

2026-yil 1-sentabrdan 19-oktabrgaça Toşkentda PM2.5 miqdori ötgan yilning şu davridagiga nisbatan 28%, PM10 esa 37% ga kamaydi. Ötgan yili bu davrda havo sifati 11 kun «zararli» darajada bölgan edi. Bu haqda Ekologiya qömitasi ötkazgan brifingda Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Doniyor Turğunov ma’lum qildi.

Havodagi çangning uluşi 64% ga yetgan

Mutaxassislarning oktabr boşida ötkazgan tahliliga köra, Toşkent havosidagi PM2.5 zarraçalarining örtaça 64%i tabiiy çang bilan boğliq bölgan. Ayrim hududlarda bu körsatkiç 78% gaça yetgan.

Jahon banki va Ekologiya qömitasi tadqiqotiga köra, Toşkentdagi PM2.5 ning yillik manbalarida şamol orqali keladigan çang 36%, binolarni isitiş 28%, transport 16%, sanoat esa 13% uluşga ega.

PM2.5 miqdori yil boşidan 28% kamaygan

Avtomatik monitoring stansiyalari ma’lumotiga köra, 2026-yil 1-yanvardan 19-oktabrgaça Toşkentda PM2.5 örtaça 28%, PM10 esa 32% ga kamaygan. Faqat oktabrning dastlabki 19 kunida PM2.5 ötgan yildagiga nisbatan 40%, PM10 esa 56% past qayd etilgan. Havo sifati «örtaça» yoki undan yaxşi bölgan kunlar soni 21 tadan 38 taga köpaygan.

Kuz-qişda havo yaxşiroq bölişi kutilmoqda

Mutaxassislar 2026 – 2027-yillar kuz-qiş mavsumida Toşkent havosi ötgan mavsumga qaraganda yaxşiroq bölişini kutmoqda. Bunga havodagi çang miqdorining pasayişi, ekologik çora-tadbirlar va Tinç okeanida kuçli El-Ninyo rivojlanayotgani sabab sifatida körsatilgan. Şu bilan birga, kuçli inversiya kuzatilgan kunlarda ifloslaniş qisqa muddatga oşişi mumkin.

Avvalroq «Kursiv»  «Özgidromet» mutaxassisi bilan bahor-yoz faslidagi tabiat hodisalari haqida suhbatlaşgan edi.

Shuningdek