Gretsiyada 15 yoşga tölmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi

Gretsiya parlamenti 15 yoşga tölmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini taqiqlovçi qonunni qabul qildi. Yangi çeklov 2027-yil 1-yanvardan kuçga kiradi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Qaysi platformalar çeklanadi
Qonun Instagram, TikTok va Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarga taalluqli böladi. Platformalar foydalanuvçilarning yoşini tekşiradigan işonçli mexanizmlarni joriy etişi kerak.
Gretsiya hukumati bu çorani bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan ortiqça foydalaniş, uyqu buzilişi, diqqatni jamlaşdagi qiyinçiliklar va internetdagi zararli kontentdan himoya qiliş maqsadida joriy etmoqda.
Qoidalar qaçondan işlaydi
Qonun 2027-yil 1-yanvardan amalga kiritilişi rejalaştirilgan. Şu vaqtgaça platformalar yoşni tekşiriş va bolalarning himoyasini ta’minlaş mexanizmlarini tayyorlaşi kerak.
Gretsiya, şuningdek, Yevropa Ittifoqi miqyosida bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişiga doir umumiy yoş çegarasi va yoşni tasdiqlaş tizimini joriy etişni qöllab-quvvatlamoqda.
Avvalroq Germaniya hukumati 13 yoşga tölmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini çeklaş, ösmirlar uçun bosqiçma-bosqiç çeklovlar joriy etiş va boşlanğiç sinf öquvçilariga sun’iy intellektni örgatiş dasturini yölga qöyişni rejalaştirayotgandi.