Kannavaro Italiya klubidan voz keçib, Özbekistonda qoldi

23-oktabr 2026 13:46 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Kannavaro Italiya klubidan voz keçib, Özbekistonda qoldi
Manba: Instagram

Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaroning ukasi va yordamçisi Paolo Kannavaro Italiyaning «Juliano» klubini boşqariş taklifini rad etdi. U faoliyatini Özbekiston terma jamoasi murabbiylar ştabida davom ettirişga qaror qildi. Bu haqda TuttoMercatoWeb xabar berdi.

45 yoşli mutaxassis kamida 2027-yilgi Osiyo kubogiga qadar akasi bilan birga işlaşni rejalaştirmoqda.

«Juliano» bilan kelişuvga erişilgan edi

Italiya C Seriyasida iştirok etuvçi «Juliano» klubi boş murabbiy Raffaele Di Napoli bilan xayrlaşganidan söng Paolo Kannavaroni uning örniga asosiy nomzod sifatida körib çiqqan.

TuttoMercatoWeb ma’lumotiga köra, tomonlar hatto 2027-yil iyunigaça möljallangan va uzaytiriş imkoniyatini beruvçi şartnoma böyiça oğzaki kelişuvga ham erişgan.

Biroq kelişuvni rasmiylaştiriş uçun Kannavaro Özbekiston terma jamoasi bilan amaldagi şartnomasini bekor qilişi kerak edi.

Kannavaro Özbekiston terma jamoasini tanladi

Naşrning yozişiça, Paolo Kannavaro Özbekistondagi faoliyatini davom ettirişni va kamida kelasi yilgi Osiyo kubogida terma jamoa bilan işlaşni istagan.

20-oktabr kuni TuttoMercatoWeb ham «Juliano» Kannavarodan rad javobini olganini va murabbiy akasi Fabio bilan Özbekiston terma jamoasida qolişini tasdiqladi. Şundan söng Italiya klubi boşqa murabbiylarni körib çiqişni boşlagan.

Fabio Kannavaro Özbekistonda 2025-yildan işlamoqda

Fabio Kannavaro Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi etib 2025-yil 6-oktabrda tayinlangan. Özbekiston futbol assotsiatsiyasi italiyalik mutaxassis bilan terma jamoani 2026-yilgi jahon çempionatiga tayyorlaş böyiça şartnoma imzolagan.

Paolo Kannavaro keyinçalik uning murabbiylar ştabiga yordamçi sifatida qöşilgan. 2026-yil martida Fabio Kannavaro ukasi terma jamoa bilan Dubaydagi yiğindan buyon işlayotganini ma’lum qilgan edi. Paolo futbolçilik faoliyatida «Napoli», «Parma» va «Sassuolo» kabi klublarda töp surgan. Murabbiy sifatida esa avval Italiyaning «Pro Verçelli» klubini boşqargan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan naşri Fabio Kannavaro Meksika va AQŞdan iş variantlarini körib çiqayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek