Nakamura Sindarov va Gukeş örtasida tanlov qildi

Amerikalik grossmeyster Hikaru Nakamura 2026-yilgi jahon çempionligi bahsida Özbekiston vakili Javohir Sindarov ğalaba qozonişini eng ehtimolli natija deb hisoblamoqda. Uning fikriça, Sindarov amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommarajuni yirik hisobda mağlub etişi mumkin. Bu haqda Rook Review xabar berdi.
Sindarov ğalaba qozonişini tasavvur qiliş qiyin emas
Nakamura jahon çempionligi uçun bölajak bahs haqida fikr bildirar ekan, Sindarovning ğalabasini eng ehtimolli ssenariy deb atadi.
«Xolis baholaydigan bölsam, Sindarov ğalaba qozonmasligini tasavvur qilişga qiynalaman. Men teng kuraş keçişini istayman, ammo, ehtimol, Sindarov juda işonçli ğalaba qozonadigan bahsni köramiz», – dedi u.
Grossmeyster bu ehtimoliy natijani Magnus Karlsenning 2013-yilda Visvanatan Anandga qarşi jahon çempionligi bahsidagi ğalabasi bilan taqqosladi.
Gukeşning sönggi natijalari Nakamurani işontirmayapti
Nakamuraning fikriça, agar bahs juda keskin va teng kuraşda ötsa, Gukeş ğalaba qozonişi mumkin. Biroq u hindistonlik şaxmatçining sönggi bir yarim yildagi öyinlari birdaniga ança yuqori saviyada öynay boşlaşiga asos bermayotganini ta’kidladi.
«Agar bahs teng keçsa, Gukeş ğalaba qozonadi, deb öylayman. Ammo bahs teng keçişiga işonmayman. Gukeşning sönggi bir yarim yildagi öyinlarida uning birdaniga ança yuqori saviyada öynaşiga işonç uyğotadigan heç narsa yöq», – dedi Nakamura.
2026-yilgi jahon çempionligi bahsi 25-noyabrdan 15-dekabrgaça Şveysariyaning Jeneva şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan. Unda amaldagi çempion Gukeş Dommaraju va Nomzodlar turniri ğolibi Javohir Sindarov qatnashadi.
Avvalroq Xalqaro shaxmat federatsiyasi FIDE 2026-yilgi jahon chempionligi uchun bahs oldidan Javohir Sindarov va Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlar statistikasini taqdim etgandi.