Özbekiston pasporti xalqaro reytingda 82-öringa tuşdi

eʼlon qilindi
Reytingning yuqori poğonasida Singapur
Foto: vzglyad.uz

Özbekiston pasporti Henley Passport Index 2026 xalqaro reytingida 82-örinni egalladi. Markaziy Osiyoda eng yuqori natija Qozoğistonga tegişli — uning fuqarolari oldindan viza olmasdan 77 ta yönalişga borişi mumkin. Özbekiston fuqarolari uçun bu körsatkiç 57 tani taşkil etadi. Bu haqda Henley Passport Index reytingi ma’lumotlari asosida xabar berildi.

Markaziy Osiyo davlatlari reytingi

Henley Passport Index pasportlarni egalari oldindan viza olmasdan borişi mumkin bölgan yönalişlar soniga qarab baholaydi. 2026-yilgi tadqiqotda 199 ta pasport va 227 ta sayohat yönalişi hisobga olingan.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining reytingdagi örinlari quyidagiça:

  • Qozoğiston — 66-örin, 77 ta yönaliş;
  • Qirğiziston — 81-örin, 59 ta yönaliş;
  • Özbekiston — 82-örin, 57 ta yönaliş;
  • Tojikiston — 87-örin, 52 ta yönaliş;
  • Turkmaniston — 93-örin, 44 ta yönaliş.

Özbekiston pasporti reytingda pastladi

2026-yil aprelida e’lon qilingan reytingda Özbekiston 74-örinni, yil boşida esa 75-örinni egallagan edi. Yangi natijaga köra, mamlakat sakkiz poğona pastlagan.

Reytingning yuqori poğonasida Singapur joylaşgan. Uning fuqarolari oldindan viza olmasdan 193 ta yönalişga sayohat qilişi mumkin. Keyingi örinlarda Yaponiya va Janubiy Koreya kabi davlatlar bor.

Avvalroq Özbekistonda fuqarolar bir qator davlat va moliyaviy xizmatlardan foydalanişda hujjatlarning qoğoz nusxasini taqdim etişi şart bölmasligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek