Özbekistonda 16 yoşga tölmagan qizni zörlab, qoçib yurgan fuqaro Rossiyada uşlandi

eʼlon qilindi
16 yoşga tölmagan qiz bilan jinsiy aloqada bölgan
Yarim yilda 48 mingdan ortiq ayol-qiz tazyiq va zo‘ravonlikka uchradi
Foto: Ekathemerini

Özbekistonda 16 yoşga tölmagan qiz bilan jinsiy aloqada bölişda gumonlanib, davlatlararo qidiruvga berilgan 2004-yilda tuğilgan fuqaro Rossiyaning Astraxan viloyatida uşlandi. U Özbekistonga ekstraditsiya qilinişini kutiş uçun tergov hibsxonasiga joylaştirildi. Bu haqda TASS Rossiya Içki işlar vazirligining Astraxan viloyati böyiça boşqarmasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Gumonlanuvçi Rossiyadan çiqib ketmoqçi bölgan

Huquq-tartibot idoralari ma’lumotiga köra, erkak Rossiyadan avtomobilda Qorauzek çegara nazorat punkti orqali çiqib ketişga uringanida qölga olingan. Migratsiya xizmati xodimlari uni tekşiriş vaqtida Rossiyada noqonuniy bölib turganini aniqlagan.

Ma’lum qilinişiça, u bir neça oy davomida Volgograd viloyatidagi quriliş maydonida işlagan. Rossiyada böliş qoidalarini buzganligi uçun unga nisbatan ma’muriy çoralar körilgan.

Özbekistonda jinoiy iş oçilgan

TASS xabarida aytilişiça, mart oyida gumonlanuvçiga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi «a» bandi böyiça jinoiy iş qözğatilgan. U 16 yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqada bölişda gumon qilinmoqda. Unga nisbatan sirtdan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi ham tanlangan.

Astraxan viloyati politsiyasi qölga oliş haqida Andijon viloyati içki işlar organlariga xabar bergan. Gumonlanuvçi Özbekistonga topşirilişini kutmoqda. Hozirça iş böyiça sud hukmi çiqarilgani haqida ma’lumot yöq.

Avvalroq Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yo‘l chetida savdo qilayotgan ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olingandi.

Shuningdek