Qor va yomğir yöq: Dam oliş kunlari Özbekistonda ob-havo qanday böladi

Dam oliş kunlari Özbekistonning katta qismida yoğingarçiliksiz va nisbatan salqin ob-havo saqlanib qoladi. Ayrim hududlarda şamol kuçayişi, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazmda esa çang-tözon kuzatilişi mumkin.
24-oktabrda yomğir kutilmaydi
24-oktabr kuni Toşkent şahrida havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 5–7 daraja, kunduzi 16–18 daraja iliq böladi.
Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham yoğingarçilik kutilmaydi. Keçasi harorat 3–8 daraja, kunduzi esa 15–20 daraja iliq böladi.
Qaşqadaryo va Surxondaryoda havo nisbatan iliqroq bölib, keçasi 5–10 daraja, kunduzi 18–23 darajagaça kötariladi.
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida keçasi 3–8 daraja, kunduzi 13–18 daraja iliq bölişi kutilmoqda.
Ayrim hududlarda şamol kuçayadi
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida şamol şarqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gaça kuçayişi mumkin. Ayrim hududlarda çang-tözon kuzatilişi ehtimoli bor. Harorat keçasi 0–5 daraja, kunduzi 10–15 daraja iliq böladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham şamol ayrim joylarda 13–18 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 2–7 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq böladi.
Toğli hududlarda esa keçasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqaça, kunduzi 10–15 daraja iliq bölişi kutilmoqda.
25-oktabrda ham yoğingarçilik kutilmaydi
25-oktabr kuni ham respublikaning aksariyat hududlarida yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazmda keçasi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqaça, kunduzi 12–17 daraja iliq böladi.
Buxoro va Navoiyda keçasi 2–7 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq bölişi kutilmoqda. Toşkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida keçasi 3–8 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq böladi.
Qaşqadaryo va Surxondaryoda kunduzi harorat 18–23 darajagaça kötariladi. Farğona vodiysi viloyatlarida esa keçasi 3–8 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq bölişi prognoz qilinmoqda.
Toğlarda ham havo oçiq böladi
Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida 25-oktabr kuni yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqaça, kunduzi 10–15 daraja iliq böladi.
Gidromet ma’lumotiga köra, toğli hududlarda yomğir faqat 28-oktabr kuni ayrim joylarda yoğişi mumkin.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» 23-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatilişi haqida yozgan edi.