Tramp Atlantika okeanini Amerika okeani deb nomlaşni taklif qildi. Google rad etdi

eʼlon qilindi
Okeanlar boşqaça – degan Google rahbari
Tramp memkoini millionga yaqin investorni zarar ko‘rishga olib keldi
Foto: Getty Images

AQŞ prezidenti Donald Tramp Atlantika okeanining nomini «Amerika okeani»ga özgartiriş masalasini Google rahbari Sundar Piçai bilan muhokama qilganini aytdi. Uning sözlariga köra, kompaniya rahbari bu taklifni rad etgan, çunki okean köplab mamlakatlar bilan çegaradoş. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Okeanlar boşqaça — degan Google rahbari

Tramp Janubiy Karolinadagi mitingda Google boş direktori Sundar Piçai bilan telefon orqali gaplaşganini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, u kompaniyadan Atlantika okeanining nomini özgartiriş imkoniyatini körib çiqişni söragan.

Trampning aytişiça, Piçai taklifga qarşi çiqqan va okeanlar köplab mamlakatlar hududlariga tutaşgani sababli bunday özgariş murakkabligini tuşuntirgan.

«Yöq, yöq, bu safar bunday qilmayman. Okeanlar boşqaça, janob. Ular köplab mamlakatlarga tutaşgan», – deya Google rahbarining javobini keltirdi Tramp.

Şundan söng AQŞ prezidenti Atlantika okeanining nomini özgartiriş fikridan qaytişi mumkinligini aytdi. Biroq u Tinç okeanini «Amerika okeani» deb ataş taklifini ham tilga oldi.

Google Tramp aytgan suhbat yuzasidan hozirça rasmiy izoh bermagan.

Tramp avval ham geografik nomlarni özgartirişga uringan

2025-yil yanvarida Tramp Meksika körfazini «Amerika körfazi» deb ataşni nazarda tutuvçi farmonni imzolagan. Keyinçalik Google Maps AQŞdagi foydalanuvçilar uçun uşbu nomni qöllay boşlagan.

Tramp, şuningdek, Ontario kölini «Amerika köli» deb qayta nomlaş taşabbusini ham ilgari surgan. Google xaritalarida AQŞ foydalanuvçilari yangi nomni körsa, Kanada foydalanuvçilari uçun «Ontario köli» nomi saqlanib qolgan.

Bunday özgarişlar boşqa mamlakatlarda tanqidga sabab bölgan. Geografik obyekt nomini AQŞ içida özgartiriş haqidagi qaror boşqa davlatlar yoki xalqaro miqyosda şu nomning avtomatik özgarişini anglatmaydi.

Avvalroq Donald Tramp Eron va AQSh o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilik davom etayotgan bir paytda Hormuz bo‘g‘ozining nomini «Tramp bo‘g‘ozi»ga o‘zgartirishni taklif qilgandi.

Shuningdek