Tayson Fyuri Jalolov haqida nima dedi, jahonda oltin $4 mingdan tuşdi — 24-oktabr yangiliklari

Tayson Fyuri Jalolov haqida nima dedi, jahonda oltin $4 mingdan tuşdi — 24-oktabr yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida.
Şahrisabz köçasida yangi BRT yölagi işga tuşirildi

Toşkentning Şahrisabz köçasida qariyb 1 km uzunlikdagi yangi alohida avtobus yölagi foydalanishga topşirildi. Natijada Şota Rustaveli va Şahrisabz köçalaridagi uzluksiz BRT yölagining umumiy uzunligi qariyb 8 kmga yetdi. Bu haqda Yöl harakatini taşkil etiş markazi xabar berdi.
Yangi BRT yölagi Şahrisabz köçasining Amir Temur şohköçasi bilan kesişmasidan Maxtumquli köçasi bilan kesişmasigaça bölgan qismida taşkil etilgan.
U Toşkent davlat şarqşunoslik universitetidan Toşkent şahar 6-son tuğuruq majmuasigaça bölgan hududni qamrab oladi.
Toşkentda çangni kamaytiriş uçun 100 ta texnika bilan suv purkalmoqda

Toşkent köçalarida çang kötarilişini kamaytiriş maqsadida qariyb 100 ta maxsus texnika yordamida suv purkaş işlari olib borilmoqda. Şuningdek, şahar böylab favvoralar va suğoriş tizimlari ham işga tuşirilmoqda.
Toşkent şahar hokimligi ma’lumotiga köra, yöl qoplamalarini muntazam namlaş çangni bosiş va uning havoga kötarilişini kamaytirişga yordam beradi.
Şu maqsadda şahar köçalarida qariyb 100 ta maxsus texnika suv purkaş işlarini amalga oşirmoqda.
Nuroboddagi voyaga yetmagan qiz va oilasi ijtimoiy himoyaga olindi

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida voyaga yetmagan qiz bilan boğliq holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan örganildi. Qiz va uning oilasi bilan işlaş böyiça alohida keys oçilib, ularga zarur ijtimoiy xizmatlar belgilandi.
Agentlik ma’lumotiga köra, 16-oktabr kuni «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari qiz va uning oilasining holatini dastlabki baholagan.
Şundan söng oila bilan işlaş böyiça keys oçilib, zarur ijtimoiy xizmatlar belgilangan. Voyaga yetmagan qizga psixologik yordam körsatilmoqda.
Uçtepadagi yonğinda bir kişi halok böldi

24-oktabr kuni Toşkentning Uçtepa tumanidagi turarjoy majmuasida yonğin sodir böldi. Hodisa oqibatida bir fuqaro halok böldi.
Unga köra, Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga soat 01:33 da Uçtepa tumani Yusuf Sakkokiy köçasidagi xonadonlardan birida yonğin çiqqani haqida xabar kelib tuşgan.
Yonğin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, soat 01:52 da yonğinni bartaraf etgan.
Yonğin oqibatida xonadondagi uy jihozlari zarar körgan. Voqea joyida bir nafar fuqaroning jasadi aniqlangan.
Tayson Fyuri Bahodir Jalolov ğalabasiga munosabat bildirdi

Sobiq oğir vazn toifasida jahon çempioni Tayson Fyuri Londonda britaniyalik Solomon Dakresni mağlub etgan ikki karra Olimpiada çempioni Bahodir Jalolovning jangi haqida fikr bildirdi. Jalolov hakamlarning yakdil qarori bilan ğalaba qozondi.
Fyuri Jalolovning imkoniyatlarini yuqori baholab, kelgusi janglarda undan yanada yorqinroq boks kutayotganini ta’kidladi.
Kosonsoy hokimi örinbosari 65 mln söm olayotganda uşlandi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumani hokimi örinbosari tadbirkordan 65 mln söm olayotgan vaqtida uşlandi. Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotiga köra, mansabdor tadbirkorga ajratilgan yer maydonini boshqa şaxsga olib beriş bilan tahdid qilib, öz uyiga quyoş panellari örnatib berişni talab etgan.
DXXning Namangan viloyati böyiça boşqarmasi va Boş prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tergov ma’lumotlariga köra, hokim örinbosari mahalliy tadbirkorga ijara asosida berilgan yer maydonini boshqa tadbirkorga olib beriş bilan qörqitgan.
Buning evaziga u tadbirkordan özining yaşaş xonadoniga 20 kVt quvvatli quyoş panellarini sotib oliş va örnatib berişni talab qilgan.
Jahonda oltin narxi $4 mingdan tuşdi, Özbekistonda-chi

Oltin narxi iyul oyidan beri birinçi marta bir troya unsiyasi uçun $4000 dan pastga tuşdi. Financial Times ma’lumotiga köra, qimmatbaho metall bir hafta içida 3,3 foizga arzonlaşdi va uç oylik eng past darajaga tuşdi.
23-oktabr kuni oltinning spot narxi bir unsiya uçun $3986,5 gaça tuşdi. Keyinroq narx qisman tiklanib, kun yakunida $3994,47 ni taşkil etdi.
Bir kun avval esa oltin 2,8 foizga arzonlaşgan. Bu holat AQŞ davlat obligatsiyalari daromadliligi pasayayotgan bir paytda kuzatilmoqda. Odatda obligatsiyalar daromadliligining pasayişi oltin narxini qöllab-quvvatlaydi, çunki oltinning özi foizli daromad keltirmaydi.
Brent nefti narxi apreldan beri ilk bor 117 dollardan oşdi

Brent markali neft narxi 23-oktabr kungi savdolarda bir barrel uçun $117,45 gaça kötarildi. Bu apreldan beri eng yuqori körsatkiç bölib, Yaqin Şarqdagi ziddiyat kuçayişi jahon neft yetkazib berişiga doir xavotirlarni oşirmoqda.
Financial Times ma’lumotiga köra, dekabr oyida yetkazib beriladigan Brent fyuçerslari 23-oktabr kuni savdolar davomida 3 foizdan köp qimmatladi.
AQŞning WTI markali nefti böyiça dekabr fyuçerslari ham $103,3 gaça kötarilib, avvalgi yopiliş narxiga nisbatan 3 foizdan ortiq oşdi. Sentabr boşidan beri neft narxi qariyb 20 foizga qimmatlagan.