Toşkentda çangni kamaytiriş uçun 100 ta texnika bilan suv purkalmoqda

Toşkent köçalarida çang kötarilişini kamaytiriş maqsadida qariyb 100 ta maxsus texnika yordamida suv purkaş işlari olib borilmoqda. Şuningdek, şahar böylab favvoralar va suğoriş tizimlari ham işga tuşirilmoqda.
Toşkent şahar hokimligi ma’lumotiga köra, yöl qoplamalarini muntazam namlaş çangni bosiş va uning havoga kötarilişini kamaytirişga yordam beradi.
Şu maqsadda şahar köçalarida qariyb 100 ta maxsus texnika suv purkaş işlarini amalga oşirmoqda.
Favvoralar va suğoriş tizimlari ham işga tuşirilmoqda
Poytaxtda favvoralar hamda suğoriş tizimlari faoliyati ham yölga qöyilmoqda. Bu çoralar köçalardagi namlikni oşiriş va şahar mikroiqlimini yaxşilaşga qaratilgan.
Hokimlikka köra, suv purkaş, suğoriş va favvoralarning birgalikdagi faoliyati çang miqdorini kamaytiriş hamda aholi uçun qulayroq muhit yaratişga xizmat qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq qattiq yoqilğida işlayotgan issiqxonalar 1-dekabrgaca isitiş tizimini özgartirişi kerakligi haqida xabar berilgandi. Yangi tartib Toşkent şahri, şuningdek, Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq, Qibray, Yangiyöl, Zangiota va Toşkent tumanlaridagi issiqxonalarga taalluqli.