Uçtepadagi yonğinda bir kişi halok böldi

24-oktabr kuni Toşkentning Uçtepa tumanidagi turarjoy majmuasida yonğin sodir böldi. Hodisa oqibatida bir fuqaro halok böldi.
Unga köra, Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga soat 01:33 da Uçtepa tumani Yusuf Sakkokiy köçasidagi xonadonlardan birida yonğin çiqqani haqida xabar kelib tuşgan.
Yonğin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, soat 01:52 da yonğinni bartaraf etgan.
Yonğin oqibatida xonadondagi uy jihozlari zarar körgan. Voqea joyida bir nafar fuqaroning jasadi aniqlangan.
Jinoyat işi qözğatildi
Holat yuzasidan tegişli organlar tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda hodisaning kelib çiqiş sabablari va boshqa tafsilotlarini aniqlash böyiça tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Yonğin fonida parkovka muammosi kötarildi
Uçtepadagi yonğin fonida yangi turarjoy majmualarida parkovka taşkil etilişi va favqulodda xizmatlar texnikasining erkin harakatlanişi masalalari yana muhokamaga çiqdi. Sobiq deputat Rasul Kuşerbayev yangi binolardagi avtoturargohlar yong‘in öçiriş maşinalarining harakatiga xalal bermasligi kerakligiga e’tibor qaratdi. «Davletovuz» esa quriliş sohasidagi nazoratsizlik, özibo‘larçilik va korrupsiya kelgusida yana fojiali oqibatlarga olib kelişi mumkinligini ta’kidladi.
Eslatib ötamiz, bundan oldin Chilonzordagi kafeda yonğin sodir bölgani haqida xabar berilgandi.