Ramazon Temirov UFC’da yutqazdi, Husanov «Man Siti»da eng yaxşisi — 25-oktabrdagi yangiliklar dayjesti

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kursiv Uzbekistan 25-oktabr kuni e’lon qilingan yangiliklarning muhimlarini bir joyga jamladi.
Foto: Kollaj / Kursiv Uzbekistan

Kursiv Uzbekistan 25-oktabr kuni e’lon qilingan yangiliklarning muhimlarini bir joyga jamladi.

Prezident Paraosiyo öyinlarida uçinçi örinni egallagan milliy jamoani tabrikladi

Foto: prezident matbuot xizmati

Özbekiston prezidenti Yaponiyaning Aiçi – Nagoya şahrida bölib ötgan V yozgi Paraosiyo öyinlarida umumjamoa hisobida uçinçi örinni egallagan sportçilarga tabrik yölladi. Musobaqada qatnaşgan milliy jamoa a’zolari 45 ta oltin, 49 ta kumuş va 51 ta bronza medaliga sazovor böldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Osiyo qit’asining 45 ta davlatidan 2 600 nafardan ziyod para sportçilar qatnaşgan öyinlarda Özbekiston Xitoy va Yaponiyadan keyingi uçinçi örinni band etdi. E’tiborlisi, delegatsiya qölga kiritgan oltin medallarning teng yarmi qizlar hissasiga töğri kelgan.

Jahon çempionati. Özbekiston Bagamani yirik hisobda mağlub etdi

Foto: ÖFA

Ozarbayjon mezbonlik qilayotgan FIFA U-15 jahon çempionati va festivali doirasida Özbekiston ösmirlar terma jamoasi Bagama vakillariga qarşi maydonga tuşib, yirik 6:1 hisobida ğalaba qozondi. Bu haqda ÖFA ma’lum qildi.

Uçraşuvning dastlabki daqiqalaridanoq Özbekiston terma jamoasi maydonda töliq ustunlikni qölga oldi. Xususan, Redvan Umerov öyinning 2 va 11-daqiqalarida raqib darvozasini işğol qilib, dubl qayd etişga muvaffaq böldi. Şuningdek, 13-daqiqada Roman Ayzattulov jamoaning uçinçi golini kiritdi.

Yunusobod tumanida gaz ta’minoti vaqtinça töxtatiladi

Foto: Pexels.com

Toşkent şahrining Yunusobod tumanida 2026-yil 26-oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar hududdagi ayrim iste’molçilarga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Uzilişlarga «Katta Hasanboy» mahalla fuqarolar yiğini hududidagi Katta Hasanboy köçasida joylaşgan yer usti örta bosimli gaz quvurini xavfsiz joyga köçiriş işlari sabab böladi. Mazkur tadbirlar «Yunusobodtumangaz» bölimi tomonidan amalga oşirilişi rejalaştirilgan.

Audi AQŞda yangi zavod quriş uçun 4 mlrd dollar sarmoya kiritadi

Foto: audi.com

Germaniyaning Volkswagen AG konserni tarkibiga kiruvçi Audi kompaniyasi AQŞning Jorjiya ştatida yiliga 200 mingta avtomobil işlab çiqaruvçi zavod quriş uçun $4 mlrd sarmoya kiritadi. Bu haqda 24-oktabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Perri şahridagi saylovoldi tadbirida ma’lum qildi.

Audi rahbari Gernot Dyollner Meykon şahrida eng yirik va premium yöltanlamaslar işlab çiqarilişi yölga qöyilişini ta’kidladi. Reuters agentligi aniqlik kiritişiça, gap Q7, Q8 va Q9 modellari haqida bormoqda. Şu paytga qadar kompaniya Amerika bozori uçun barça avtomobillarni Yevropa yoki Meksikadan import qilib kelgan.

Samarqandda Bolalar farovonligiga investitsiya kiritiş töğrisidagi deklaratsiya imzolandi

Ekran tasviri

Samarqandda bölib ötgan Jahon sammitining yopiliş marosimida iştirokçi davlatlar vakillari Bolalar farovonligiga investitsiya kiritiş töğrisidagi Samarqand deklaratsiyasini imzoladilar. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi

Uşbu deklaratsiya bolalarning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş hamda ularni har qanday zöravonlikdan himoya qilişni nazarda tutadi. Bundan taşqari, sifatli ta’lim va tibbiy yordamdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, şuningdek, bolalar saratoniga qarşi kuraşişda xalqaro sa’y-harakatlarni birlaştiriş maqsad qilib belgilangan. Samarqand deklaratsiyasi bolalar farovonligini ta’minlaşda hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişi kutilmoqda.

Ramazon Temirov UFC’dagi ilk mağlubiyatini qabul qildi

Foto: UFC.com

Abu-Dabi şahridagi «Etihad Arena» majmuasida bölib ötgan UFC 333 turnirining eng yengil vazn toifasida özbekistonlik Ramazon Temirov angliyalik Loner Kavanaga qarşi jangda mağlubiyatga uçradi.

Bunga qadar öz janglarini, asosan, birinçi raunddayoq nokaut bilan yakunlab kelgan özbekistonlik sportçi bu safar kutilmagan vaziyatga tuşdi. Loner Kavanaga qarşi keçgan bahsda u dastlabki raundning 4-daqiqa 28-soniyasida texnik nokaut evaziga yutqazib qöydi.

Özbekiston TIV Eron elçisini çaqirtirib, unga norozilik notasi topşirdi

Foto: president.uz

23-oktabr kuni Eron Islom Respublikasining Özbekistondagi elçisi Muhammad Ali Iskandariy Taşqi işlar vazirligiga çaqirtirildi va unga norozilik notasi topşirildi. Bunga Eron diplomatik vakolatxonalarining ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand şahri merosi haqida qoldirgan siyosiy postlari sabab bölgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.

E’tirozga Eronning xorijdagi bir qator diplomatik vakolatxonalari tomonidan X ijtimoiy tarmoğida e’lon qilingan materiallar sabab böldi. Uçraşuvda uşbu postlar Samarqand şahrining tarixiy-madaniy merosini biryoqlama va siyosiy maqsadlarda talqin qilayotgani ta’kidlangan.

Husanovning «Aston Villa»ga qarşi öyini qanday baholandi

Foto: Instagram / abdukodir_khusanov_

Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer-ligasining 8-turida «Aston Villa»ga qarşi keçgan uçraşuvda (1:2) «Mançester Siti» tarkibidagi eng yuqori baholangan öyinçilardan biriga aylandi.

Flaşscore portali Husanovning harakatlarini 8,0 ballga baholadi. Mehmonlar tarkibida faqatgina Jeremi Doku undan yuqoriroq (8,1 ball) körsatkiç qayd etdi. Şuningdek, Elliot Anderson 7,8, Erling Holand va Enso Fernandes 7,7 balldan oldi. Eng past baho (4,6 ball) «Mançester Siti» darvozaboni Janluiji Donnarummaga berildi. Husanov öyinni asosiy tarkibda boşladi. Uçraşuvda «Aston Villa»ga ğalabani 6 va 60-daqiqalarda gol urgan Nikolas Jekson keltirdi. «Siti»ning yagona goli 52-daqiqada Holand tomonidan kiritildi.

Xorvatiya özbekistonlik quruvçilarni işga jalb qiliş dasturini boşlamoqda

Foto: Migratsiya agentligi

Xorvatiya iş beruvçilari Özbekistondan elektromontaj, fasad va pardozlaş işlariga ixtisoslaşgan quriliş brigadalarini işga qabul qilişga katta qiziqiş bildirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

Migratsiya agentligi direktori Muhsinxuja Abdurahmonov hamda Xorvatiyaning Ostona şahridagi qarorgohida faoliyat yurituvçi elçisi Refik Şabanoviç örtasidagi uçraşuvda bir qator amaliy masalalar muhokama qilindi. Xususan, 100 – 200 nafar Özbekiston fuqarosini işga jalb qiliş böyiça pilot dasturini amaliyotga tatbiq etiş va Zagreb şahrida agentlikning rasmiy vakolatxonasini oçiş közda tutilgan. Xorvatiya tomoni quriliş sohasi mutaxassislariga ehtiyoj yuqori ekanini ta’kidlagan.

Shuningdek