Jahon çempionati. Özbekiston Bagamani yirik hisobda mağlub etdi

25-oktabr 2026 14:14 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: ÖFA

Ozarbayjon mezbonlik qilayotgan FIFA U-15 jahon çempionati va festivali doirasida Özbekiston ösmirlar terma jamoasi Bagama vakillariga qarşi maydonga tuşib, yirik 6:1 hisobida ğalaba qozondi. Bu haqda ÖFA ma’lum qildi.

Gollar xronologiyasi

Uçraşuvning dastlabki daqiqalaridanoq Özbekiston terma jamoasi maydonda töliq ustunlikni qölga oldi. Xususan, Redvan Umerov öyinning 2 va 11-daqiqalarida raqib darvozasini işğol qilib, dubl qayd etişga muvaffaq böldi. Şuningdek, 13-daqiqada Roman Ayzattulov jamoaning uçinçi golini kiritdi.

Raqib javobi va hisobning yiriklaşişi

Öyinning 28-daqiqasida Bagama jamoasi a’zosi Dion Fitsjerald öz jamoasining uçraşuvdagi yagona goliga mualliflik qildi. Ötkazib yuborilgan goldan söng hujumkorlikni oşirgan Özbekiston vakillari yana uç bor darvozani işğol qildi. 29-daqiqada Bekzodjon Töxtasinov, 33-daqiqada Mirjalol Farhodov hamda 40-daqiqada Temur Pölatov bittadan töp kiritib, yakuniy natijani ta’minladi.

Avvalroq Kursiv naşri U-17 Jahon çempionatiga qur’a taşlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek