Özbekiston TIV Eron elçisini çaqirtirib, unga norozilik notasi topşirdi

eʼlon qilindi
Eron diplomatik vakolatxonalarining ijtimoiy tarmoqlardagi materiallari ortidan mamlakat elçisi vazirlikka çaqirtirildi
Foto: president.uz

23-oktabr kuni Eron Islom Respublikasining Özbekistondagi elçisi Muhammad Ali Iskandariy Taşqi işlar vazirligiga çaqirtirildi va unga norozilik notasi topşirildi. Bunga Eron diplomatik vakolatxonalarining ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand şahri merosi haqida qoldirgan siyosiy postlari sabab bölgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.

Norozilik sababi

E’tirozga Eronning xorijdagi bir qator diplomatik vakolatxonalari tomonidan X ijtimoiy tarmoğida e’lon qilingan materiallar sabab böldi. Uçraşuvda uşbu postlar Samarqand şahrining tarixiy-madaniy merosini biryoqlama va siyosiy maqsadlarda talqin qilayotgani ta’kidlangan.

Özbekistonning pozitsiyasi

Vazirlik Samarqand, Buxoro va Xiva kabi şaharlar özbek xalqining boy davlatçilik an’analarining ajralmas qismi ekanini urğuladi. Şuningdek, diplomatik vakolatxonalarning rasmiy axborot resurslarida tarixiy-madaniy masalalarning siyosiylaştirilişiga olib kelmasligi lozimligi uqtirilgan.

Eron tomonidan tegişli postlarni öçirib taşlaş hamda kelgusida bunday holatlarni takrorlamaslik böyiça zarur çoralar köriş talab qilindi. Taşqi işlar vazirligi Özbekiston Eron bilan özaro hurmatga asoslangan munosabatlarni qadrlaşini, ammo mamlakat merosini himoyalaşda prinsipial pozitsiyasini saqlab qolişini bildirdi.

Avvalroq Kursiv naşri AQŞ Eronga qarşi yangi sanksiyalar joriy etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek