Samarqandda Bolalar farovonligiga investitsiya kiritiş töğrisidagi deklaratsiya imzolandi

Samarqandda bölib ötgan Jahon sammitining yopiliş marosimida iştirokçi davlatlar vakillari Bolalar farovonligiga investitsiya kiritiş töğrisidagi Samarqand deklaratsiyasini imzoladilar. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.
Deklaratsiyaning asosiy yönalişlari
Uşbu deklaratsiya bolalarning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş hamda ularni har qanday zöravonlikdan himoya qilişni nazarda tutadi. Bundan taşqari, sifatli ta’lim va tibbiy yordamdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, şuningdek, bolalar saratoniga qarşi kuraşişda xalqaro sa’y-harakatlarni birlaştiriş maqsad qilib belgilangan. Samarqand deklaratsiyasi bolalar farovonligini ta’minlaşda hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişi kutilmoqda.
Jahon yulduzlarining iştiroki va e’tirof
Tadbirda xalqaro ekspertlar bilan bir qatorda taniqli şaxslar, xususan, insonparvarlik loyihalari bilan şaxsan taniş bölgan aktyor Edrian Broudi ham iştirok etdi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyeva uning fikr-mulohazalarini tinglaşdan mamnun ekanini bildirib, sammitning barça iştirokçilari va hamkorlariga minnatdorlik bildirdi.
«Sammitimizning şunçalik katta e’tibor qozongani va bolalar taqdiriga befarq bölmagan köplab insonlarni, jumladan, jahon yulduzlarini ham birlaştirgani meni juda quvontirdi. Endi oldimizda har bir bola uçun munosib kelajak yaratiş vazifasi turibdi», – dedi Şahnoza Mirziyoyeva.
Avvalroq Kursiv naşri Şahnoza Mirziyoyeva xalqaro mukofotga sazovor bölgani haqida xabar bergan edi.