
Dongfeng kompaniyasining M-Hero brendi Xitoyda yangi Dongfeng M-Hero X700 SUV modelini sotuvga çiqardi. Bu haqda CarNewsÇina xabar berdi.
Avtomobil Huawei Qiankun ADS 5 aqlli haydov tizimi, HarmonySpace 6 multimedia platformasi va 360 kmgaça sof elektr yuriş zaxirasiga ega. Rasmiy narxlar 219,8 ming yuandan boşlanadi, bu qariyb $30,8 mingga teng.
Model M-Hero va Huawei Qiankun hamkorligida işlab çiqilgan bölib, şahardagi kundalik foydalaniş bilan birga yengil off-road şaroitlariga ham möljallangan.
Törtta versiya taklif qilinadi
M-Hero X700 törtta komplektatsiyada sotiladi. 325 km RWD Pro versiyasi 219,8 ming yuan, 285 km 4WD Max – 239,8 ming yuan, 285 km 4WD Max+ – 259,8 ming yuan, 360 km 4WD Ultra esa 279,8 ming yuan etib baholangan.

Şuningdek, çeklangan muddatli çegirmali narxlar 209,8 ming yuandan 269,8 ming yuangaça belgilangan.
Huawei ADS 5 va LiDAR bilan jihozlangan
X700 Huawei’ning yangi Qiankun ADS 5 haydovçiga yordam beriş tizimini olgan. Yuqori versiyalarda 896 liniyali LiDAR qöllanadi. Tizim avtomagistral va şaharda NOA funksiyalarini, xotira asosida parkovkani, AEB 3.0 avtomatik favqulodda tormozlaşni va «parkovka joyidan parkovka joyigaça» harakatlaniş funksiyasini qöllab-quvvatlaydi.
Modelda off-road şaroitlari uçun alohida navigatsiya yordamçilari ham mavjud.
Avvalroq «Kursiv» Changan UNI-Z avtomobili qanday imkoniyatlar bilan çiqişi haqida yozgan edi.