IFCB Iman Invest bilan hamkorlikni töxtatdi, kompaniya ayblovlarni rad etdi

eʼlon qilindi
IFCB kompaniya faoliyatini şariatga muvofiq emas deb baholadi
IFCB Iman Invest bilan hamkorlikni töxtatdi, kompaniya ayblovlarni rad etdi
Kollaj: Kursiv Uzbekistan

Islom moliyasiga muvofiqlaştiriş kengaşi — IFCB 25-oktabr kuni Iman Invest bilan barça hamkorlikni zudlik bilan va töliq töxtatganini e’lon qildi. Kengaş a’zosi, islom moliyasi böyiça xalqaro auditor Mahmud Usmon kompaniya faoliyatida şariat mezonlari, içki hujjatlar va qonunçilikka zid holatlar aniqlanganini da’vo qildi. Iman asosçisi Rustam Rahmatov esa bu ayblovlarga qöşilmasligini bildirib, mustaqil audit natijalari e’lon qilinişini aytdi.

Mahmud Usmonning aytişiça, IFCB Iman Invest bilan ikki yildan ziyod hamkorlik qilgan, biroq şu vaqt davomida kompaniyaning ayrim tranzaksiyalari kengaşga tasdiq uçun taqdim etilmagan.

Uning sözlariga köra, 2026-yil iyulida kengaşga şubhali deb baholangan bir qator tranzaksiyalarga oid hujjatlar kelib tuşgan. Şundan söng xalqaro moliyaçilar, huquqşunos va şariy auditordan iborat taftiş komissiyasi tuzilgan.

«Oxirgi üç yarim oy davomida muammo kölami, sabablari va yeçimlari örganildi. 15-oktabr kuni moliyaviy tekşiruvning sönggi natijalari ma’lum böldi», — dedi Mahmud Usmon.

Uning da’vo qilişiça, tekşiruv davomida investorlar mablağlarini kompaniyaning içki hujjatlari, qonunçilik va islom moliyasi mezonlariga zid tarzda tasarruf etiş holatlari aniqlangan.

Kengaş investor pullari böyiça kamomad borligini da’vo qilmoqda

Mahmud Usmon kompaniyada bir neça million dollarlik kamomad yuzaga kelganini bildirdi. Keyingi bayonotida esa moliyaçilar kompaniyaning qariyb $70 mlnlik portfelida taxminan $20 mlnlik «teşik» yoki kamomad borligini aniqlaganini da’vo qildi.

«Bu mening xulosam emas. Moliyaçi mutaxassislar $20 mln kamomad borligini aytgan. Bizda buni tasdiqlovçi hujjatlar va yiğiliş yozuvlari mavjud», — dedi u.

Mahmud Usmonning aytişiça, ayrim mablağlar avtomobil, uy-joy, taşkiliy xarajatlar, oyliklar, tadbirlar va marketingga sarflangan. IFCB bunday xarajatlarning ayrimlarini investor mablağlarini tasarruf etiş qoidalariga zid deb hisoblamoqda.

Mazkur da’volar hozirça mustaqil ravishda tasdiqlangan emas. Iman Invest rahbariyati esa ularga qöşilmasligini bildirgan.

Iman Invest ayblovlarni rad etdi

Iman kompaniyasi asosçisi Rustam Rahmatov Mahmud Usmon bildirgan da’volarga qöşilmasligini aytdi.

«Har bir ayblov dalil asosiga ega bölişi kerak», — dedi u.

Rahmatovning sözlariga köra, kompaniya Mahmud Usmon bilan ikki yarim yil davomida hamkorlik qilgan va şu davrda unga $100 mingdan ortiq tölov amalga oşirilgan. U kelişmovçilik tölovlarni kamaytiriş masalasi va kompaniyadan uluş söralgani ortidan boshlanganini da’vo qildi.

«Bizdan katta uluş, ya’ni ‘Iman Holding’ aksiyalari söraldi. Biz şeriklarimiz bilan maslahatlaşib, bunga rad javobini berdik», — dedi Rahmatov.

U kompaniya faoliyati böyiça yangi şariy audit ötkazilayotganini ham ma’lum qildi.

Kompaniya yangi şariy kengaş tuzişini bildirdi

Rahmatovning aytişiça, «Iman» Mahmud Usmon bilan hamkorlikni töxtatgandan söng yangi şariy kengaş taşkil etişga kirişgan.

«Har bir yangi xizmat yoki şartnoma endi bitta odam tomonidan emas, kengaş tomonidan körib çiqiladi», — dedi u.

Rahmatov kompaniya Şayx Taqiy Usmoniy bilan boğliq mutaxassislar bilan ham iş olib borayotganini bildirib, audit natijalari taxminan bir oydan söng e’lon qilinişini aytdi. U kompaniyaning investorlar va hamkorlar oldidagi majburiyatlari saqlanib qolişini ta’kidladi.

«Investorlarimiz va hamkorlarimiz oldidagi majburiyatlarimiz uçun mas’ulmiz. Bu tuşunmovçilik mas’uliyatimizni özgartirmaydi», — dedi Rahmatov.

Mahmud Usmon uluş söraganini inkor qildi

Rustam Rahmatovning bayonotidan söng Mahmud Usmon yana javob qaytardi. U kompaniyadan uluş talab qilganini rad etdi va bu fikrni tuhmat deb atadi.

«Men heç qanday uluş söramaganman. Aksinça, ‘uluşingni yetimxonaga berib yubor, menga kerak emas’, deganman», — dedi Usmon.

U sözlariga dalil sifatida taftiş komissiyasi hujjatlari, imzolangan bayonnomalar va Zoom yiğilişlari yozuvlarini bosqiçma-bosqiç e’lon qilişini bildirdi.

«Biz şaffoflikni xohlaymiz. Hujjatlar, imzolar va yiğiliş yozuvlarini jamoatçilikka taqdim qilamiz», — dedi u.

Tomonlar masalani huquqiy tartibda hal qilmoqçi

Mahmud Usmon Rahmatovning uluş va tölovlar haqidagi bayonotlari yuzasidan sudga murojaat qilişini bildirdi. U, şuningdek, özida mavjud deb aytilayotgan hujjatlar tegişli davlat idoralariga ham taqdim etilganini ma’lum qildi. Rustam Rahmatov ham kelişmovçilikni qonuniy tartibda hal qilişini aytgan.

Hozirça tomonlarning moliyaviy kamomad, ayrim tranzaksiyalarning qonuniyligi va şariat mezonlariga muvofiqligi haqidagi qarama-qarşi da’volari böyiça yakuniy mustaqil audit yoki davlat organlarining rasmiy xulosasi e’lon qilinmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Open Bank islomiy bank faoliyati uçun ilk litsenziyani olgani haqida xabar berilgandi. Litsenziya bankka qonunçilikda közda tutilgan islomiy moliya operatsiyalarini amalga oşiriş imkonini beradi.

Shuningdek