
Apple’ning ilk bukiladigan smartfoni iPhone Duo sotuvga çiqqanidan köp ötmay, ayrim xaridorlar içki ekran bilan boğliq muammolar haqida xabar bera boşladi. Bu haqda Sammobile naşri xabar bermoqda.
Bir neçta holatda displey xariddan atigi bir neça soat ötib yoki qurilma bir neça marta oçib-yopilgaç yorilgani aytilmoqda.
Hozirça bu muammo qançalik keng tarqalgani noma’lum. Apple ham iPhone Duöda tizimli konstruktiv nuqson borligini rasman tasdiqlamagan.
Ekran 20 martadan kam oçilgaç yorilgan holat bor
Avstraliyadagi foydalanuvçilardan biri iPhone Duöni taxminan olti soat işlatgani va uni 20 martadan kam oçganini aytgan.

Uning sözlariga köra, qurilmani oçayotgan paytda içki şarnir atrofida nimadir sezilgan, şundan söng qarsillagan ovoz eşitilib, ekran bukiliş çiziği böylab yorilgan. Apple unga qurilmani almaştirişni taklif qilgan.
Boşqa foydalanuvçilar ham displeyda qora çiziqlar, rang özgarişi, şarnirning qotib qolişi va oçiş vaqtida keskin qarşilik paydo bölgani haqida yozgan. Ayrim holatlar qurilmani dastlabki sozlaş jarayonidayoq yuz bergan.
Apple ayrim qurilmalarni almaştirmoqda
Reddit’dagi yana bir foydalanuvçi içki displey 24 soatga yetmasdan işdan çiqqanini aytgan. Uning yozişiça, Apple Genius Bar xodimlari nosoz panel ekanini aniqlagan va smartfonni bepul almaştirişga rozi bölgan.
Bu holatlar hozirça alohida qurilmalarga taalluqli. Mustaqil şarhlovçilarning minglab bukiliş sikllaridan iborat ayrim sinovlarida şarnir işlaşda davom etgan, biroq içki ekrandagi bukiliş izi vaqt ötişi bilan çuqurlaşgani qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» iPhone Duo Qozoğistonda qanday narxda sotilişi haqida yozgan edi.