Kasparov Sindarov va Gukeş bahsida kimga muxlislik qiladi

Şaxmat böyiça 12-jahon çempioni Garry Kasparov 2026-yilgi jahon çempionligi bahsida Hindiston vakili Gukeş Dommarajuning imkoniyatlarini Özbekiston grossmeysteri Javohir Sindarovnikidan yuqoriroq baholadi. Uning fikriça, Gukeşni mağlub etiş qiyin va çempionlik uçun kuraşda tajriba muhim rol öynaydi. Bu haqda Rook Review xabar berdi.
Kasparov nima uçun Gukeşni favorit deb hisoblamoqda
Kasparovning aytişiça, Sindarovning öyini tomoşabinlar uçun qiziqarliroq bölişi mumkin, biroq Gukeşning tajribasi unga ustunlik beradi.
«Gukeşni mağlub etiş juda qiyin. Şu sababli men uning imkoniyatlarini biroz yuqoriroq baholayman», – dedi Kasparov.
Şaxmatçi jahon çempionligi uçun bahslarda tayyorgarlik muddatidan köra tajriba köproq ahamiyatga ega bölişini ta’kidladi. Uning fikriça, Gukeş himoyaviy uslubda öynaydi va bu xususiyat raqibiga qarşi kuraşda muhim bölişi mumkin.
Kasparov Gukeşning yaqinda bölib ötgan Şaxmat olimpiadasidagi öyinini yuqori baholamaganini ham aytdi. Biroq uning ta’kidlaşiça, jamoaviy musobaqadagi natijalar bilan bitta raqibga qarşi ötkaziladigan jahon çempionligi uçraşuvi bir-biridan farq qiladi.
Sindarov Gukeşni mağlub eta oladimi
Kasparov Gukeşni favorit deb bilsa-da, Sindarovning ğalaba qozoniş imkoniyatini inkor etmadi.
«Agar Sindarov hisobda oldinga çiqib olsa, uni mağlub etişi mumkin», – dedi u.
2026-yilgi jahon çempionligi bahsida amaldagi çempion Gukeş Dommaraju Özbekiston vakili Javohir Sindarov bilan uçraşadi. Sindarov 2026-yilgi FIDE nomzodlar turnirida ğalaba qozonib, çempionlik bahsida qatnaşiş huquqini qölga kiritgan.
Bahs 25-noyabrdan 15-dekabrgaça Şveysariyaning Jeneva şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan.
Avvalroq amerikalik grossmeyster Hikaru Nakamura 2026-yilgi jahon çempionligi bahsida Özbekiston vakili Javohir Sindarov ğalaba qozonişini eng ehtimolli natija deb hisoblagandi.