
Özbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib, kino sohasida davlat siyosatini yuritiş vakolati Madaniyat vazirligiga ötkaziladi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev «Özbekfilm» kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uçraşuvda ma’lum qildi.
Prezident sohani boşqariş, moliyalaştiriş va film yaratiş vazifalari bir-biridan aniq ajratilişini bildirdi. Avvalo, kino sohasida ixçam va zamonaviy boşqaruv tizimini yölga qöyiş rejalashtirilgan.
Yangi tartibga köra, Kinematografiya agentligi tugatiladi. Kino sohasida davlat siyosatini yuritiş vakolati esa Madaniyat vazirligiga beriladi.
Şuningdek, Kinematografiya agentligi va uning tizimidagi taşkilotlarni tugatiş böyiça işlarni amalga oşiriş vazifasi mas’ullarga yuklatildi.
Kino san’ati departamenti taşkil etiladi
Madaniyat vazirligi tarkibida Kino san’ati departamenti taşkil qilinadi. Departament rahbarining maqomi madaniyat vaziri örinbosari darajasiga tenglaştiriladi.
Mas’ullarga bir oy muddatda yangi departament faoliyatini samarali yölga qöyiş topşirildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Mirziyoyev kinoga ajratilayotgan pullar haqida gapirgandi. Unga köra, 2016-yilda kino işlab çiqariş uçun davlat budjetidan 10 milliard söm ajratilgan bölsa, joriy yilda bu miqdor 218 milliard sömga yetdi.