Kriştianu Ronaldu Toşkentga keladi — manba

26-oktabr 2026 16:56 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: Instagram / cristiano

Toşkentda bölib ötadigan Osiyo Çempionlar ligasi elit turnirining 4-turi doirasida Saudiya Arabistonining «Al Nassr» klubi yulduzi Kriştianu Ronaldu Özbekistonga taşrif buyurişi kutilmoqda. Bu haqda «Paxtakor» klubi sport direktori Ravşan Salimov ma’lum qildi.

Yozişmalar va işoralar

26-oktabr kuni «Paxtakor» klubida faoliyat olib boruvçi Ravşan Salimov özining Telegram kanalida portugaliyalik futbolçining Özbekistonga kelişiga işora qiluvçi post e’lon qildi. Postda WhatsApp messenjeridagi özaro yozişmalar aks etgan bölib, unda «Ronaldu keladimi?» degan savolga noma’lum insayder tomonidan «ha» deya javob berilgan. Ravşan Salimov uşbu skrinşotga «Qisqasi, özilar tuşunib olarsizlar», — deya izoh qoldirgan.

Bölajak uçraşuv tafsilotlari

«Paxtakor» va «Al Nassr» jamoalari örtasidagi uçraşuv 2-noyabr, duşanba kuni Toşkent vaqti bilan soat 18:45 da «Paxtakor» stadionida start oladi. Uşbu uçraşuvga mehmonlar safida Kriştianu Ronaldu, Joau Feliks va Sadio Mane kabi jahon yulduzlari taşrif buyurişi kutilmoqda.

Avvalroq mazkur öyinga çiptalar sotuvi oçilgan va qisqa vaqt içida barça joylar sotilib ketgan edi. Ma’lumotlarga köra, uçraşuv çiptalarining narxi 100 ming sömdan 3 mln sömgaça etib belgilangan.

Shuningdek